«Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyati rasmiy sayti sahifasiga xush kelibsiz!!!

"Navoiyazot" Ochiq Aksiyadorlik Jamiyati          Men sizni bizning korxona xodimlari jamoasi nomidan qutlashdan xursandman.
         Korxonamiz o'z faoliyatini 1964 yilda mineral o'g'itlar ishlab chiqaruvchi zavod sifatida boshlagan.
         Hozirgi vaqtda «Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyati sanoatning turli sohalarida ishlatiladigan 60 dan ortiq tovar mahsulotlarini chiqaradigan O'zbekiston kimyo sohasining eng yirik korxonasi hisoblanadi. «Navoiyazot» OAJ mahsulotlariga talab nafaqat O'zbekistonda, balki yaqin va uzoq xorijda ham mavjuddir.
         «Navoiyazot» OAJ rivojlangan infratuzilma - yaxshi ta`mirlov bazasi, qulay podyezdli temir yo'l va avtomobil yo'llari, tozalash inshootlariga ega.
         Rivojlangan infratuzilma va yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligi, korxonaga o'tgan asrning 90-yillari og'ir damlariga qaramay sohadagi yetakchililik o'rnini saqlab qolishga va kelgusida rivojlanishiga yordam berdi.
         Korxonada mahsulot sifatini yaxshilash, atrof-muhit muhofazasi, asosiy ishlab chiqarishlarni qayta qurish, innovatsiyalarni tadbiq qilish, korxona xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, kadrlarni tayyorlash sohasida aniq maqsadga yo'naltirilgan siyosat o'tkazilmoqda. Bunday siyosat ishonchli kelajak garovi deb hisoblaymiz.


Hurmat bilan, «Navoiyazot» OAJ boshqaruv raisi v.b.
N.K.Soliev



E ' l o n

«Navoiyazot» OAJ Sizlarni har yili tashkil etiladigan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasiga taklif etadi:


         1. Hududiy sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasi:
         23-apreldan 24-aprelgacha Navoi shahri “Farxod” madaniyat saroyida

         2. Territorial va sanoat tarmoqlari yarmarkasi:
         5-iyundan 7 iyungacha Toshkent shahri “Uzekspomarkaz” MKK OAJda

         3. Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasi:
         29-oktyabrdan 2-noyabrgacha Toshkent shahri “Uzekspomarkaz” MKK OAJda bo'lib o'tadi.

   Yarmarkada Siz vakillarimizdan konsultatsiya olib, istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qilishingiz mumkin.

   Sizni mehmonimiz qatorlarida ko'rishdan xursand bo'lamiz!
   
 

«NAVOIYAZOT» ochiq aksiyadorlik jamiyati - O'zbekistonning eng yirik kimyo korxonasi!