Yangiliklar
02.06.2020 5

Hurmatli isteʼmolchilar!

Yozning jaziramasida nafaqat insonlar balki koʼpgina mahsulotlar ham salqinga muhtoj boʼladi. Serquyosh oʼlkamiz iqlimida aksariyat mahsulotlarni muzlatish, sovutish dolzarb muammo. Oziq-ovqat mahsulotlarini…

Ko‘proq...
02.06.2020 4

Hurmatli isteʼmolchilar va tadbirkorlar!

Kaustik soda dunyodagi eng mashhur ishqor boʼlib, undan barcha yuvish va tozalash vositalari, qogʼoz, biodizel yoqilgʼisi, neft-kimyo sanoatida mineral moylar va turli xil neftь mahsulotlari,…

Ko‘proq...
29.05.2020 6

"NAVOIYAZOT" AJ barcha kimyogarlarni kasb bayrami bilan samimiy qutlaydi. Soha rivojiga ơzining munosib hissasini qơshayotgan mehnat jamoalariga omad va zafarlar tilaydi. Oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, sihat-salomatlik Sizni hech qachon tark  tmasin.…

Ko‘proq...

Hamma yangiliklar

Bugungi "Navoiyazot"

«Navoiyazot» Aksionerlik Jamiyati – shunday korxonaki, uning hayoti va tarixi O‘zbekistonning hayoti va tarixi bilan bevosita bog‘liq. Har kuni uning eshigidan minglab odamlar kiradi. Bu insonlar turli kasb-korga ega, lekin rahbardan tortib oddiy ishchigacha, hammani o‘z ishiga bo‘lgan mehr birlashtirib turadi.

Bugun «Navoiyazot» AJ jo‘shqin rivojlanayotgan, xalqaro hamkorlar orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, mineral o‘g‘itlar, kimyoviy reagentlar va boshqa kam tonnali kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish dasturini bajarayotgan ko‘p profilli sanoat - ishlab chiqarish majmui. 

O‘zbekiston kimyoviy mahsulotlarining 30% dan ortig‘ini ishlab chiqarib, «O‘zkimesanoat» Aksionerlik jamiyatining baza segmentlaridan biri hisoblanadigan «Navoiyazot» AJ sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, yoqilg‘i-energetika majmui, shuningdek, xizmat sohasi, fan, madaniyat, maorifning deyarli barcha tarmoqlarini qamrab olgan. 

Korxonaning asosiy maqsadlaridan biri istemolchilar talabiga va mahsulot sifatining yuqori standartlariga muvofiq kelishdir, shu sababdan biz respublikada birinchilar qatorida o‘zimizda mahsulot ishlab chiqarishda texnologik reglamentga amal qilish va mahsulot va buyumlar sifatini talablarga muvofiqligini tasdiqlash, korxona mutaxassislarining ishlab chiqarishni jahon standartlari darajasida boshqarishi kafolati bo‘lgan, nufuzi va obro‘sini respublika va xalqaro darajada oshiradigan sifat menejmenti xalqaro tizimini joriy qildik. 

«Navoiyazot» AJ bo‘linmalari ishlab chiqarishning tugal siklini amalga oshirmoqda. Bu yerda yangi texnologiyalar o‘zlashtirilmoqda, ishlab chiqarish va boshqaruvda avtomatik tizimlar joriy qilinmoqda, mavjud majmualar zamonaviylashtirilib, yangi ishlab chiqarishlar bunyod qilinmoqda. 

Xozirgi vaqtda korxona rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarildi va bozor iqtisodiyoti talablarida oldinga harakatlanmoqda. «Navoiyazot» AJ texnika va texnologiyalarining quvvati, progressiv xarakteri hamda ishchi va muxandislarining dadil novatorlik-ilmiy asoslangan fikrlari, yuksak kasb mahorati, birdamligi sabab Mustaqil O‘zbekistonimizning iftixori sifatida ko‘pgina korxonalarga namuna bo‘lib xizmat qilib kelmokda.
Oldiga qo‘ygan bosh maqsadlaridan biri xodimlar kasbiy tayyorgarligi va tasnifini oshirish, kadrlar tayyorlash bo‘lib, bu korxonaning asosiy boyligi yuqori darajali mutaxassislar ekanligini ko‘rsatadi. 10 000 dan ortiq ishchi ishlaydigan jamoada barqarorlik, xodimlar ijtimoiy muhofazasi sharoitlarini yaratish, ish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosatga alohida e’tibor qaratiladi. 

Bolalarga, har tomonlama g‘amxo‘rlik,ularning sog‘lom kamolga yetishi uchun harakat qilish ertangi kun muvaffaqiyati garovidir. Kelajakni ko‘ra olgan holda yosh…

Ko‘proq...