(99879) 229-22-36

Korxona faoliyati masalasi
yuzasidan yagona telefon raqam

(99879) 224-41-11

Ishonch telefoni

Прослушать
  1. Aloqa /
  2. Fuqarolarni qabul qilish

«Navoiyazot» AJ da fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrdagi ZRU-378 sonli «Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni va «Navoiyazot» AJ ning 2013 yil 29 maydagi 874/547- sonli «Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha guruh tuzish to‘g‘risida»gi buyruq-qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida»gi

Qonuniga muvofiq fuqarolarni qabul qilish

JADVALI

Rahbar F.I.O.si

Lavozimi

Qabul kunlari

Qabul vaqti

Sharipov Baxodir Mavlyanovich

Boshqaruv raisi

chorshanba

16.00-18.00

Jurayev Nodir Yodgorovich

Ishlab chiqarish direktori

dushanba

15.00-17.00

Ro’zimurodov To’lqin Siddiqovich

Kasaba uyushmasi qo`mitasi raisi

har kun

14.00-16.00

Tilavov Xalim Sagdullaevich

Moliya bo’yicha direktori

shanba

11.00-13.00

Gadjiyev Ilgar Zakir oglы

Ijtimoiy masalalar va oziq-ovqat dasturini amalga oshirish bo’yicha boshqarma boshlig’i

har kun

16.00-18.00

Pirnazarov Tulkin Xalilovich

Bosh hisobchi

har kun

16.00-18.00

Xolmurodov Fazlitdin Nurmamatovich

Xodimlar va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig’i

payshanba

10.00-12.00

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish tartibi

Fuqarolarning korxonaga yozma va og‘zaki murojaatlari bilan ishlash tartibi «Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq olib boriladi.

Fuqarolarning murojaatlari yozma ravishda o‘zi tomonidan, pochta orqali,telegraf, teletayp,faks,elektron pochta.shuningdek murojaatlarni ko‘rib chiqish huquq va majburiyatiga ega mansabdor shaxsga og‘zaki aytish yoki fuqorolarni qabul qiluvchi yetakchi orqali kelib tushgan bo‘lishi mumkin.

Hujjatlarning to‘liq emasligi,buzilganlik holatilari aniqlanganda yoki adashib taqdim etilganda yuboruvchiga qaytariladi.

Kelib tushgan xatlarning konvertlari saqlab qo‘yiladi hamda xat yuborilgan va qabul qilingan vaqtning isboti sifatida yuboruvchining manzili, pochta shtampi sanasini belgilash uchun murojaatga qo‘shib qo‘yiladi.

Boshqaruv raisi,kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi,ijtimoiy masalalar va oziq-ovqat dasturini amalga oshirish bo‘yicha boshqarma boshlig‘i,xodimlar va kadrlar tayyorlash bo‘yicha boshqarma boshliqlarining fuqarolarni qabul qilishi boshqaruv raisi tomonidan har yili tasdiqlanadigan jadval orqali ish joylarida qabul qilish kunlarida amalga oshiriladi.

Ish vaqtida shaxsiy qabul uchun qayd etishni tegishli telefon raqamlari orqali rahbarlarning kotibalari olib boradi.

Shaxsiy qabulda fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi. «Navoiyazot» AJ mansabdor shaxslariga kelib tushgan ariza va shikoyatlar ularning vakolatiga muvofiq kelib tushgan kundan boshlab bir oygacha bo‘lgan muddatda, qo‘shimcha o‘rganib chiqish va nazorat qilishni talab qilmaydiganlari esa o‘n besh kundan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi.

Boshqaruv raisi va javobgar rahbarlar fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqqanda murojaatga qo‘yilgan masalalar mohiyati bo‘yicha yozma javob berishadi.

Записаться на прием Вы можете ЗДЕСЬ

Прослушать
Highlight found mistake and press Ctrl + Enter to notify the administrator.