(99879) 229-22-36

Korxona faoliyati masalasi
yuzasidan yagona telefon raqam

(99879) 224-41-11

Ishonch telefoni

Прослушать
  1. Kompaniya haqida /
  2. Ekologiya

«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati tabiatni (atrof-muhitni) himoya šilish – œzining eng dolzarb vazifalardan biri va korxonaning uzoš muddatli rivojlanishning asosiy shartlaridan deb hisoblaydi va o‘zining asosiy prioritet vazifalaridan biri ekanligini chuqur anglaydi. Korxona uzining faoliyati davomida Tabiatni muhofaza qilish borasidagi qonunlarga, Vazirlar Mahkamasi qararlari va yuqori tashkilotlar qo‘llanmalariga suyangan holda atrof-muhitga zararli ta’sirni kamaytirish borasida doimiy va aniq maksadlarga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va olib boradi.

Ushbu prinsiplarga asoslanib œzining uzoq muddatli rivojlanish programmalari va korxonaning texnik qayta jixozlash rejalarida har doim tabiatni muhofaza qilish ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni kœzda tutadi.

Korxonaning atrof-muhitni himoya qilish borasidagi ishlari quyidagi eng asosiy prinsiplarga asoslanga holda tashkil etilgan:

  • ekologik qonunchilik talablariga va atrof-muhitni himoya qilish borasidagi normativ va boshha hujjatlar talablariga qat’iy rivoya qilish;
  • xom-ashyo va energiya resurslarini tejash, texnologik rejim me’yorlaridan chetlashishini oldini olish, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqishini kamaytirish, okova suvlar bilan zararli moddalarni tashlanishini oldini olish, chiqindilarni minimizatsiyasiga erishish va utilizatsiya qilishga ko‘maklashuvchi tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqiщ va bajarilishini ta’minlash;
  • atrof-muhitni muhofazasida manfaatdor tashkilot i jamoatchilik bilan hamkorlikda ish olib borish, korxonaning ekologiya bo‘yicha olib borayetgan ishlarida ochiqlik;
  • avariya holatlarini oldini olishni tashkil etishda xavfsizlik darajasini oshirish va prafilaktik tadbirlarni tashkil etish orqali korxona ishchi-xodimlari sog‘ligini ta’minlash;
  • atrof-muhitni muhofazasiga yo‘naltirilgan kompleks programmalar qabul qilish va bajarish orqali korxona ish faoliyatini atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga intilish.
  • Korxonada uchta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga olgan atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan kompleks sistema ishlab chiqilgan va amalga oshirib kelinmoqda, bular:
  • har kunlik sistematik ishlar (kuzatuv, nazorat, o‘z vaqtida operativ tatbirlar qabul qilish, hisobga olish va hisobotlarni olib borish va boshqalar);
  • tashkiliy ishlar (normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, ekologik ta’lim va propoganda);
  • istiqbolli yo‘nalishlar (tadbirlar ishlab chiqish, tashlamalarni kamaytirish borasida xulosalarni qabul qilish, protsesslarni takomillashtirish, yangi loyihalarni ishlab chiqarish jarayenida xulosalar qabul qilish).

“Navoiyazot” AJdagi atmosferaga chiqariladigan tashlamalarni korxona Ekotaxlil (sanitar) laborotoriyasi hamda sex laborotoriyalari tomonidan nazorat qilinadi. Ekotaxlil laboratoriya O‘zdavstandart tizimida akkreditatsiyalangan bo‘lib, texnikaviy vakolatga va 2009 yil 17 iyuldagi UZ.AMT.07.MAI.538-sonli muddatsiz akkreditatsiya attestatiga ega. Laboratoriya zaruriy asboblar, jamlangan shtatlar va tasdiqlangan uslublarga ega.

Ekoanalitik (sanitar) laboratoriya, Navoiy ixtisoslashgan analitik tahlil inspeksiyasi bilan kelishilgan jadval asosida quyidagi yunalishlarda atrof-muhitni doimiy monitoringini olib boradi:

  • ishlab chiqarish va sexlarning ishchi zonalari havo muhiti;
  • “Navoiyazot” AJ territoriyasi havo muhiti;
  • shlamonakopitel atrofi havo muhiti;
  • sanitar-ximoya zonasi havo muhiti;
  • profilaktoriya atrofi havo muhiti;
  • shahar chegarasidagi va yaqin atrofdagi aholi yashash punktlari havo muhiti;
  • 3 km masofagacha mash’al (podfakelnыe nablyudeniye) osti kuzatuvlari.
  • korxona gaz tashlamalari manbalari;
  • korxona oqova suvlari monnitringi;
  • yer osti suvlari (kuzatuv skvajenalari);

2015 yil va 2016 yilning I yarim yilida shamolning yo‘nalishini hisobga olgan holda Navoi shahar atrofida havo muhitini nazorat qilish yuzasidan bajarilgan laboratoriya tahlillari natijalari atmosfera havosida korxonamiz xususiyatlariga (spetsifikasiga) oid zararli moddalar yo‘qligi ko‘rinib turibdi. Bular atseton, metanol, metilakrilat va boshqalar.

NSIAK (Navoiy ixtisoslashgan analitik tahlil inspeksiyasi) bilan birgalikda Zarafshon daryosi quyiladigan oqova suvlari monitoringi va LMZAV (atmosfera havosidagi zararli moddalar bilan zararlanishi monitoring etish laboratoriyasi) bilan birga yaqin joylardagi turar joy atmosfera havosi tarkibi tahlillari olib boriladi.

“Navoiyazot” AJ, ekologik xavflilik bo‘yicha I kategoriyadagi korxonalar jumlasiga kiradi va talablarga asosan, atmosfera havosiga zararli moddalarni chiqishlari, oqova suvlar tashlamalari va chiqindilarni joylashtirish bo‘yicha barcha normativ hujjatlar ishlab chiqilib Davlat tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan.

Korxonada barcha qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ob’ektlar, ushbu ob’ektlarni Uzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qumitasida atrof-muhitga ta’sirini baholash tartibidan o‘tadi va Respublika Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasidan so‘nggina foydalanishga qabul qilinadi.

“Navoiyazot” AJda davlat siyosati miqyosida har yili tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar, hamda xom-ashe va energiya resurslarini tejash, texnologik rejim me’yorlaridan chetlashishini oldini olish (kamaytirish), atrof-muhitga zararli moddalarni chiqishini kamaytirishga ko‘maklashuvchi tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda va bajarilmoqda. Jumladan 2015 yil mobaynida 478 979 ming so‘mlik 79 ta tadbir va atmosfera havosini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan tadbirlari 213 625 ming so‘mlik 30 ta tadbir bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shulardan 2015 yil mobaynida 496 368 ming so‘mlik 79 ta tadbir muvofiq holda bajarildi. 2016 yilning I yarim yilligi mobaynida sarf-xarajati 496 368 ming so‘mlik 79 ta tadbir muvofiq holda bajarildi. Atrof -muxitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ekologik holatni yaxshilash, yuqori darajadagi ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qilinadigan tadbirlar sarf-xarajatini «Navoyazot» AJ o‘z hisobidan ajratiladi.

«Navoyazot» AJ balansida mintaqaviy ahamiyatga ega tabiatni muhofazalash ob’ekti – Navoiy shahri va Navoiy mintaqasi oqava suvlarini biokimyoviy tozalash inshooti mavjud. Biokimyoviy tozalash inshootiga keladigan oqava suvlarini 80%ni Navoiy shahri va Navoiy mintaqasi oqava suvlari tashkil etadi. Tozalangan oqava suvlar BXO dan so‘ng yaqin fermer xo‘jaliklari tomonidan ekinlarni sug‘orish uchun ishlatiladi.

2008 yilda 1-toifadagi xavfli chiqindi hisoblangan, ishlatilgan lyuminessent yoritgichlarni zararsizlantirish qurilmasi ishga tushirildi. Bu qurilmaning ishga tushishi nafaqat «Navoyazot» AJdagi yaroqsiz lampalarni zararsizlantirish muammosini yechibgina qolmay, Navoiy mintaqasidagi korxona va jamiyatlarning simobli lampalarning ishlatib bo‘lgan resurslarini utilizatsiyada (zararsizlantirish) muammosini yechimi hal etdi.

2015 yilda qurilmada 8 500 dona ishlatib bo‘lgan resurslarini utilizatsiyasi amalga oshirildi, shundan 3 137 donasi boshqa korxona va jamiyatlarnikidir. Sponsorlik yordami shaklida NDKI qoshidagi № 2 son akademik litseyning 300 dona lampasi utilizatsii qilindi. 2016 yilning birinchi yarmida 9 560 dona rtutli lampalar utilizatsiya qilindi, shundan 1260 donasi boshqa korxona va jamiyatlarnikidir.

«Navoiyazot» AJ tabiatni muhofaza qilishni yaxshilash faoliyati bo‘yicha hukumut dasturlarida doimiy faol ishtirok etib kelmoqda.

Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakat dasturining bajarilishi «Navoiyazot» AJ joylashgan hududda ekologik tanglikni kamaytirishga imkon beradi. Jumladan:

2013-2017 yillarda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha Harakat Dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi 142-sonli Qarori)ning 13 punktida avtomobil transport vositalaridan ifloslantirish moddalar chiqindilarini kamaytirish, bug‘li gaz tashlamalarini qisqartirish maqsadida avtomobil transport vositalarini gaz yonilg‘isiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan va amalga oshirilmoqda.

Uzbekiston Respublikasi Davlat ekologik sertifikatsiyalash sistemasida quyidagi ishlab chiqarish va chiqindilar sertifikatsilashtirilgan:

  • ishlatilgan lyuminessent yoritgichlarni zararsizlantirish qurilmasi
  • natriy sianidi ishlab chiqarishi
  • metanol ishlab chiqarishi
  • xlorid kislotasi ishlab chiarishi
  • kora va rangli metallar chiqindilari
  • ishlatib bo‘lingan shinalar
  • polietilen, xom-ashyo taralari polipropileni, polietilen plenkalari chiqindilari
  • saje shlami
  • ishlatib bo‘lingan yokilgi-moyi

Korxonaning Ammiak selitrasi, AFU, suyuq xlor, xlorid kislotasi, xloristiy ammoniy, metanol, akril emulsiyasi, poliakrilamid geli, suyuq natriy seanidi va suyuq ammiak kabi ishlab chiqarishlariga ISO-14001 Xalkoro standarti tatbiq etilgan. ISO-14001 Xalkoro standartini amalga tatbiq etish bo‘yicha ishlar olib davom ettirilmoqda.

Atrof-muhit muhofaza qilish bo‘yicha Amaliy dasturni bajarish «Navoyazot» AJ joylashgan tumanga ekologik yuklamasini pasaytirishga olib keladi.

Прослушать
Highlight found mistake and press Ctrl + Enter to notify the administrator.