(99879) 229-22-36

Korxona faoliyati masalasi
yuzasidan yagona telefon raqam

(99879) 224-41-11

Ishonch telefoni

Прослушать
  1. Kompaniya haqida /
  2. Kadrlar bilan ishlash /
  3. NO‘AvaA (Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika) bo‘yicha katta usta

Bo‘sh ish o‘rni nomi:

NO‘AvaA (Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika) bo‘yicha katta usta

Vazifasi:

NO‘AvaA bo‘yicha katta ustasi NO‘AvaA uchastkasiga boshchilik qilgan holda rahbarlikni amalga oshiradi.

NO‘AvaA bo‘yicha katta ustasi quyidagilarni:

Sexdagi barcha nazorat va avtomatika, signalizatsiya va blokirovka vositalarining uzluksiz ishlashini va o‘lchovlarni bajarishga tayyorligini ta’minlaydi;

Belgalangan muddatlarda tasdiqlangan rejalar, buyruqlar va farmoyishlarning bajarilishini ta’minlaydi;

O‘lchov asboblarini reja-ogohlantiruv ta’miri, tekshirish va to‘g‘rilash jadvallarini o‘z vaqtida bajarish;

SI ta’mirlash bo‘yicha ishlarni sifatli bajarilishini tekshirish. Tezkor ishlarni o‘tkazilishini rejalashtirish va ta’minlash. Sexdagi barcha nazorat va avtomatika vositalari hisobini yuritish, ularning butligini kuzatish, uchastkaning asboblari, uskunalari yoki mulki yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda darhol uchastka boshlig‘iga, uning mavjud emasligida sex boshlig‘iga xabar berish;

NO‘AvaA, APS va PAZga ta’luqli masalalar bo‘yicha nazorat tashkilotlarining ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish;

Nosoz, tekshirish va to‘g‘rilashdan o‘tmagan asboblarni ishlatilishiga yo‘l quymaslik;

Pudartchi tashkilotlar tomonidan NO‘AvaA bo‘yicha ishlarni bajarilishini shaxsan kuzatish, TI-RR-94 talablariga muvofiq ularni tashkil etishi. Bajarilgan ishlarni sifati va hajmini tekshirish va pudartchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan dalolatnomalarni imzolashi;

Kapital ta’mirlashni o‘tkazish uchun nuqsonli vedomostlar va zaruriy materiallar va uskunalar ruyxatini tuzishi;

Ishni yaxshilish, ishonchliligini ko‘paytirish, foydalanilayotgan o‘lchov va avtomatik boshqaruv vositalarini o‘zaro ta’mirlash aylanma muddatlarini oshirish va asboblar parkini bir xillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

Bosh asbobsoz bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan ichki me’yoriy texnik hujjatlar talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalar bo‘yicha hujjatlarni va yozuvlarni boshqarishni amalga oshiradi.

Nomzodga talablar

Yoshi:

25-50

Jinsi:

Erkak, ayol

Turar joyi:

Navoiy shahar

Ma’lumoti:

Oliy. Bakalavr, magistr darajasi:

Kasbiy talablar:

«Navoiyazot» AJ texnologik sexlarining NO‘AvaA katta ustasi oliy ma’lumotga va ishlab chiqarishda kamida 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak.

NO‘AvaA bo‘yicha katta ustasi o‘z sexining texnologik jarayonini, mo‘ljallanishini, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning texnikaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini;

Nazorat va avtomatizatsiya, avariyaviy-ogohlantirish signalizatsiya va yong‘inga qarshi avtomatik himoya (APS va PAZ) sxemalarini;

Sexda qo‘llaniladigan barcha turdagi nazorat va avtomatizatsiya vositalarining texnikaviy tavsifini;

Elektr qurilmalar tuzilish qoidalari (PUE) va iste’molchilar elektrqurilmalarini texnikaviy ishlatish qoidalarini;

Iste’molchilar elektrqurilmalarini ishlatish bo‘yicha texnika xavfsizligi qoidalarini PTE va PTB;

Portlash yong‘in xavfli kimyoviy, neft kimyoviy va neftni qayta ishlash ishlab chiqarishlari uchun umumiy portlash xavfsiz qoidalarini;

Mehnat qonunchiligi asoslarini;

Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘inga qarshi himoya qoidalari va me’yorlarini;

Bosh asbobsoz xizmati nizomi va yo‘riqnomalarini bilishi kerak.

Ish shartlari

Hudud:

Navoiy shahar

Bandlik:

To‘liq

Taklif etiladigan maosh:

905978 so‘m

Прослушать
Highlight found mistake and press Ctrl + Enter to notify the administrator.