(99879) 229-22-36

Korxona faoliyati masalasi
yuzasidan yagona telefon raqam

(99879) 224-41-11

Ishonch telefoni

Прослушать
  1. Kompaniya haqida /
  2. Missiya

Missiya

Biz tabiiy boyliklarni insoniyat manfaati yo‘lida sarflash, korxona faoliyatining kelajakda gullab-yashnashi yo‘lida xizmat qilish, iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy mustahkamligi, atrof-muhit ozodaligi, tabiiy boyliklardan ratsional foydalanish, biznesni uzoq muddatga barqaror rivojlantirish, mineral o‘g‘itlar, kimyoviy reagentlar va kam tonnali mahsulotlarning ishonchli ta’minlovchisi bo‘lish uchun yaralganmiz.

Biz kimmiz

Navoiyazot AJ O‘zbekistonning kimyo sanoatida tabiiy gazni qayta ishlash bilan shug‘ullanib mineral o‘g‘itlar, oltin qazib oluvchilar uchun kimyoviy reagentlar va kam tonnali kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalardan biri. O‘z faoliyati sohasida korxona milliy bozorda yetakchi o‘rinni egallaydi. Har kuni dunyoning 10 ta mamlakatida millionlab iste’molchilar hayot sifat ko‘rsatkichini yaxshilagan holda bizning mahsulotlarimizni sotib oladi. Har kuni 7 000 dan ortiq inson o‘z kuch va iqtidorini «Navoiyazot» AJ ning bozorda oldingi o‘rinlarni egallashi yo‘lida jipslashtiradi.

Maqsadlarimiz

«Navoiyazot» AJ yangi narxlar yaratish, o‘z biznesidagi yuqori daromad va barqarorlikni, Jamiyat aktivlari qiymatini ko‘tarish yo‘li bilan investitsiyalangan mablag‘ evaziga aksionerlarni yuqori daromad bilan ta’minlashni o‘z maqsadi deb hisoblaydi. Bu maqsadga erishish yo‘lida «Navoiyazot» AJ kelajakda chiqimni kamaytirishga zo‘r bergan holda o‘z operatsiyalarining samaradorligini oshirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi progressiv texnologiyalarni tadbiq etish kabi barcha imkoniyatlardan foydalanadi.

Прослушать
Highlight found mistake and press Ctrl + Enter to notify the administrator.