(99879) 229-22-36

Korxona faoliyati masalasi
yuzasidan yagona telefon raqam

(99879) 224-41-11

Ishonch telefoni

Прослушать

Navoiy kimyo kombinati qurilishining dastlabki shart sharoitlari

O‘zbekiston kimyo sanoati Navoiy kimyo kombinati qurilishi boshlangunga qadar sobiq sovet ittifoqiga mineral o‘g‘itning 7%dan ko‘prog‘ini yetkazib berar edi. Ularni ishlab chiqarish bo‘yicha aholi jon boshiga o‘rta ittifoq ko‘rsatkichlaridan o‘zib ketgandi.

Baribir respublikada mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmi qishloq xo‘jaligi ehtiyojlarini qondirolmasdi, shuning uchun o‘g‘itni mamlakatning boshqa hududlari, masalan, g‘arbiy Sibir va Ukrainadan, shuningdek chetdan olishga to‘g‘ri kelardi.

O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talab 1965 yilda 3460 ming tonnani, jumladan azotli o‘g‘itga 2032 ming tonnani tashkil etdi. Lekin bor yo‘g‘i 2146 ming tonna, jumladan, 1338 ming tonna azotli o‘g‘it ishlab chiqarilgan edi.

Buxoro viloyati hududida ochilgan tabiiy gaz konlari foydalanishga topshirilgach, O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilishi tez sur’atda o‘sishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Buxoro tabiiy gaz konlaridan xomashyo sifatida foydalanish iste’molchilarning azotli o‘g‘itga bo‘lgan talabini to‘la qondirdi.

Bularning hammasi, shuningdek, yirik Navoiy GRESi qurilishi Navoiy shahrida tabiiy gazni kompleks ravishda qayta ishlash bazasida ammiakli selitra va organik ishlab chiqarish sexlar guruhi bilan nitron tolasi ishlab chiqarishga zamin yaratdi.

Navoiy kimyo kombinati loyihalashtirish

Navoiy kimyo kombinatini loyihalashtirishda sobiq ittifoqning 10 dan ortiq yirik kompaniyalari ishtirok etdi. Bundan tashqari ammiak ishlab chiqarish 3 navbati loyihasini qayta ishlashda Chexoslovakiya loyihalashtirish kompaniyasi ishtirok etdi. Kombinat qurilishida bosh loyihalovchi azot sanoati davlat instituti ( ASDI), 1970 yildan boshlab esa ASDI ning Chirchiq filiali bo‘ldi.

Navoiy kimyo kombinati ishlab chiqarishi bo‘yicha quyidagi asosiy loyihalar ishlandi:

  • ammiak;
  • kuchsiz azot kislotasi ( 5,6 atm i 7,3 atm bosim ostida);
  • ammiakli selitra;
  • atsetilen ishlab chiqarish bo‘yicha organik majmua sexlari;
  • sirka kislotasi;
  • atsetaldegid;
  • nitril akril kislotasi (NAK);
  • sulfat ammoniy;
  • xlorid kislota;
  • sianli natriy;
  • nitron tolasi ishlab chiqarish.

Navoiy kimyo kombinatini ishga tushirish va kengaytirish

1964 yil 31 dekabrda Davlat qabul komissiyasi ammiakli selitra va kuchsiz azot kislotasi ishlab chiqarish ob’ektlarini umumiy «yaxshi» baho bilan foydalanishga topshirish qarorini imzoladi. Ushbu kun Navoiy kimyo kombinati ishga tushgan sana hisoblanadi. Ikki kun oldin 1964 yil 29 dekabrda Islamkul Djumabayevich Saipov smenasida 1-ammiakli selitra ishlab chiqarildi. 

Oradan uch oy o‘tib,1965 yil 8 martda Vladimir Grigorevich Usachev smenasida birinchi ammiak olindi. Shu kungacha o‘g‘it keltirilgan ammiakdan ishlab chiqarilardi. 1965 yil martda ishlab chiqarish loyiha quvvati (yiliga 110 tonna) 1965 yil 31 martda ammiak ishlab chiqarish 1-navbatini foydalanishga topshirish bo‘yicha akt imzolandi. 1965 yil noyabrda Buxoro viloyatida qurilish maydonchalarida kutilgan, 1967 yil yozda ammiakli suvning birinchi tonnalarini olishda, Navoiy sanoat uchastkalari va asosan qishloq xo‘jaligi juda muhtoj bo‘lgan ballonlarni texnik kislorod bilan to‘ldirish bo‘limi ishga tushirilishi butun korxona uchun katta ahamiyatga ega voqea bo‘ldi. 1968 yil iyunda uglerod ikki oksidi bo‘limi ishga tushirildi. 

Organik majmua sexlari qurilishi 1965 yilda boshlandi. 1965 yil avgust oyida uglekislota, sianli natriy, xlorid va sirka kislotalari, atsetilen, atsetaldegid va sulfat ammoniy ishlab chiqarish sexlari ishga tushirildi. 1973 yil aprelda nitril akril kislotasi (NAK) ning birinchi tonnalari olindi. 

Yangi «tug‘ilgan» kombinat o‘sha vaqtda hayratlanarli darajada tez o‘sdi va rivojlandi.

1970 yil 31 dekabrda atsetilen, atsetaldegid ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi.

1971 yil 7 yanvarda birinchi gazsimon ammiak, 8 yanvar kechasi azot kislotasi olindi. 

1971 yil 9 yanvarda granulyatorga eritma kelib tushdi va tomchilar oqimi pastga yo‘naldi. Transporter selitra bilan to‘ldi. Kimyo kombinatining 3 navbatida 1- ammiakli selitra shu tarzda olingandi. 

1971 31 martda quyidagilar qatorga qo‘shildi:

  • Kuchsiz azot kislotasi 3-navbati amaldagi sexi;
  • Ammiak selitrasi ishlab chiqarishi 3-navbati ob’ektlari;
  • Ammiak ishlab chiqarishi 3-navbati ob’ektlari.

Nitron tolasi ishlab chiqarishi 1 navbati qurilishi 1970-1971 yillarda amalga oshirildi. 1971 yil 25 oktyabrda («keltirilgan» NAKda) texnologik ip ishlab chiqarishi ishga tushirildi. 1973 yil iyunda to‘liq ishlab chiqarish quvvatida ishlashga erishildi. 

1975 yil Navoiy kimyo kombinati «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasiga aylandi.

1988 yilda birinchi bor tiomochevina ishlab chiqarish uskunasi ishga tushdi, shuningdek, xlorid kislotasi ishlab chiqarishi ham yo‘lga qo‘yildi. 

2001 y. «Lurgi» nomli nemis firmasi loyihasi asosida suyuq xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda ishlab chiqaruvchi sex faoliyatiga ibtido yasaldi. 

1991-2014 yillar oralig‘ida 14 xil yangi mahsulot ishlab chiqarishga erishildi:

  1. «Uniflok», preparati,1991 yil;
  2. ED-20, ED-16, ED-40 markali epoksid-dianli yelimlar, 1992 yil;
  3. KFJ, KS – 11 markali karbamidoformaldegid yelimlar, 1992 yil;
  4. Suvda eruvchan K-4, K-9 preparatlari,1993 yil;
  5. Poliakrilamid PAA-gel, 1993 yil;
  6. Donalangan poliakrilamid, 1994 yil;
  7. «A»markali metanol, 1999 yil;
  8. 37 % li Formalin –2000 yil;
  9. Kaustik soda, 2001 yil;
  10. Sianid kislotasi, 2001 god;
  11. Natriy gipoxloridi, 2001 yil;
  12. Polipropilen qoplar, 2005 yil;
  13. Azotli-fosforli o‘g‘it, 2009 yil;
  14. Suvli-dispersion bo‘yoq, 2010 yil.

«Navoiyazot» AJ «Navoiy» erkin-industrial iqtisodiy zonasining 2 ta loyihasida faol ishtirok etdi. Janubiy Koreyaning «DK Cosmetics» kompaniyasi bilan hamkorlikda pardoz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «Navoiy-Veauty Cosmetics» qo‘shma korxonasi, KNR «Hunan Alofi & Exp. So. Ltd» kompaniyasi bilan bolalar tagliklari ishlab chiqaruvchi «Navoiy Hunan Pulp» qo‘shma korxonasiga asos solindiyu Tilga olingan qo‘shma korxonalar 2011 yilda yaratilgan.

 

Прослушать
Highlight found mistake and press Ctrl + Enter to notify the administrator.