(99879) 229-22-36

Korxona faoliyati masalasi
yuzasidan yagona telefon raqam

(99879) 224-41-11

Ishonch telefoni

Прослушать
  1. Kompaniya haqida /
  2. Tuzilma /
  3. Ishlab chiqarish maydoni

«Navoiyazot» AJ bugungi kunda – bu ko’plab muhim ishlab chiqarish vazifalarini bajara oladigan o’nlab sexlardan iborat bo’lgan yagona sanoat mexanizmi hisoblanadi.

Ishlab chiqarishlarning nomlanishi

Ishga tushirilgan yili

Faoliyat ko’rsatayotgan quvvati

«Ammiak-I,II» ishlab chiqarishi

1964

yiliga 370 ming tn.

«Ammiak-III» ishlab chiqarishi

1971

yiliga 180 ming tn.

Ammiakli selitra ishlab chiqarishi I-II navbati

1964

yiliga 350 ming tn.

Ammiakli selitra ishlab chiqarishi III navbati

1971

yiliga 600 ming tn.

Azot kislotasi ishlab chiqarishi II navbati

1965

yiliga 390 ming tn.

Azot kislotasi ishlab chiqarishi III navbati

1971

yiliga 480 ming tn.

Organik birikmalar ishlab chiqarishi

1969

10 dan ortiq mahsulot turlari

«Nitron» ishlab chiqarishi

1983

yiliga 23 ming tn.

«Kaustik soda va kam tonnali kimyoviy mahsulot» ishlab chiqarishi

1976

20 dan ortiq mahsulot turlari

Azot-fosforli o’g’it AFO’ ni ishlab chiqarishi

2010

yiliga 180 ming tn.

Тexnikaviy tiomochevina ishlab chiqarishi

1987

yiliga 1400 ming tn.

Ammiak ishlab chiqarishi I-II navbati

Ushbu ishlab chiqarish tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Gaz xom ashyosini tayyorlash sexi havoni parchalovchi Yaponiyaning «Nissho» firmasida ishlab chiqarilgan ikkita blok va ikki BR-6 rusumli bloklardan iborat. Azot bo’yicha bloklarning umumiy ishlab chiqarish quvvati – 64400 nm3/soat, kislorod bo’yicha – 47880 nm3/soat.;
  • Тarkibiga quyidagilarni kiritgan har biri 185 ming tonna quvvatga ega ammiak ishlab chiqarishining ikki navbati.

Ularning tarkibda:

  • Metan va uglerod oksidi konversiyasining 8ta agregati;
  • Monoetanolaminli tozalashning 4 texnologik liniyasi;
  • 10 ta gaz kompressorlari, shu jumladan 2ShLK-1240 rusumli 9 ta kompressor va 6M40-320/320 rusumli kompressor;
  • 5ta azot kompressori, shu jumladan 4GM-25-117/200 rusumli 3ta kompressor, bittadan 6M40-320/200 rusumli va 6M16-117/200 rusumli kompressorlar;
  • 6ta gazni suyuq azot yordamida uglerod oksididan tozalash kabinasi;
  • 5ta ammikni sintezlash agregati;
  • Metanolni sintezlash agregati.

O’rnatilgan uskunalarning ishlab chiqarish quvvati:

  • Metan konversiya agregati – 6,68 tn/soat;
  • Sintez uskunalari (kolonnalari) – 10 tn/soat;
  • Suyuq azot bilan tozalash kabinalari ± 9,14 tn/soat.

Bundan tashqari ishlab chiqarish tarkibida quyidagilar joylashgan:

  • Suyuq ammiak va ammiak suvini tayyorlash bo’linmasi (umumiy hajmi 850 t.);
  • Gaz chiqindilarini qayta ishlash bo’linmasi (karbonat kislotasi 20 tn/sutka va “quruq muz” 10 tn/sutka ishlab chiqaruvchi);
  • Ballonlarni kislorod va azotga to’ldirish bo’linmasi, bir sutkada 800 ballon to’ldirish quvvatiga ega;
  • Foydalanilgan moylarning dastlabki xususiyatlarini tiklashga mo’ljallangan regeneratsiyasi bo’linmasi;
  • Soatiga 44 tonna ishlab chiqarishi qizdirilgan bug’ni olish bilan SO-fraksiyani yoqish uchun gazsimon chiqindilarni zararsizlantirish bo’linmasi.

Ammiak ishlab chiqarishi III navbati

Quvvati yiliga 180 ming tonna bo’lgan Ammiak ishlab chiqarishi III navbati chex mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha bo’yicha qurilgan. Bu ishlab chiqarish tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Uglerod oksidi konversiyasining 2 ta agregati;
  • Suyuq azot bilan yuvish 2 ta kabinasi;
  • Ishlab chiqarish quvvati 25 200 m3/soat bo’lgan 6ChBK 355/1 rusumli 3ta gaz kompressori;
  • Ishlab chiqarish quvvati 13 100 m3/soat bo’lgan 7RMA-56-A rusumli 2ta azot kompressori;
  • Ishlab chiqarish quvvati 12 500 m3/soat bo’lgan KТK 12,5/35 rusumli azot kompressori;
  • Har birining ishlab chiqarish quvvati 10 tn/soat bo’lgan 3ta ammiak sintezi agregati.

Ishlab chiqarish tarkibiga BR-6M rusumli ikkita havoni parchalash bloklari va havo bo’yicha ishlab chiqaruvchanligi 55 000 m3/soat bo’lgan AKТ-16-2 rusumli blokli gaz xom ashyosini tayyorlash sexi kiradi.

Azot bo’yicha umumiy ishlab chiqaruvchanligi – 48 000 nm3/soat, kislorod bo’yicha – 27 000 nm3/soat.

Ishlab chiqarishda SO fraksiyasining issiqligini utilizatsiya qilish ko’zda tutilgan bo’lib, bu yerda har birining ishlab chiqarish quvvati soatiga 20 tonna bo’lgan ikkita qozondan olinadigan qizdirilgan suv bug’i ishlab chiqarishning o’zida sarflanadi.

Bundan tashqari ishlab chiqarish tarkibida argon olish va moylar regeneratsiyasi bo’linmalari, shuningdek tabiiy gazdan oltin gugurt birikmalaridan tozalash qurilmasi ham joylashgan.

Ammiak selitrasini ishlab chiqarishi I navbati

Ushbu ishlab chiqarish tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • 2 ta IТN neytralizatsiya apparati;
  • I bosqichdagi 2 ta bug’sizlantirish apparati;
  • II bosqichdagi 4 ta bug’sizlantirish apparati;
  • Тo’kiladigan plenkali 2 ta bug’sizlantirish apparati (bug’lantirganga qadar);
  • 2 ta granulyator;
  • Gazlarni qayta ishlovchi 2 ta qurilma.

Ishlab chiqarishning loyihaviy quvvati – 350 000 tn/yil.

Ammiak selitrasi ishlab chiqarishi III navbati

Ushbu ishlab chiqarish tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • 3 ta IТN neytralizatsiya apparati;
  • I bosqichdagi 3ta bug’sizlantirish apparati;
  • Тo’kiladigan plenkali 3ta bug’sizlantirish apparati (bug’lantirganga qadar);
  • 3ta granulyator.

Ishlab chiqarishning loyihaviy quvvati – 600 000 tn/yil.

Azot kislotasini ishlab chiqarishi II navbati

Kontakt apparati sexning asosiy apparati hisoblanadi. Hammasi bo’lib 20 ta ana shunday apparatlar o’rnatilgan.

Ishlab chiqarish umumiy quvvati yiliga 390 000 tonna bo’lgan 10 ta texnologik liniyalardan iborat.

Azot kislotasini ishlab chiqarishi III navbati

Ishlab chiqarish tarkibiga 4ta kontakt apparati, GТТ-3M rusumli havo agregatlari, 4 ta absorbsion kalonnalar, katalitik tozalash uzellari kiradi.

Ishlab chiqarishning loyihaviy quvvati 480 000 tn/yil.

Organik moddalar ishlab chiqarishi

Organik moddalar ishlab chiqarishi quyidagi 5 guruhga bo’linadi:

  • Atsetilen ishlab chiqarish va konsentratsiyalash;
  • Хlorid kislotasi va natriy sianidi ishlab chiqarish;
  • Kalsiy-kadmiy-fosfatli katalizatorda atsetilen gidratatsiyasi jarayonida olinadigan atsetaldegid orqali sirka kislotasini sintezlash;
  • Xlorli ammoniyga ega bo’lgan, bir xlorli misning katalizatorning mavjudligida atsetilenni suyuqfazali siangidridlash usuli orqali olinadigan nitril akril kislotaning sintezi;
  • Gazsimon ammiakni suyuqlashtirish sexi.

Nitron tolasi ishlab chiqarishi

Dastlab ishlab chiqarishning ikki navbati faoliyat ko’rsatgan. Ikkinchi navbat 1983 yilda ishga tushirilgan. 1982 yilga qadar korxona faqat bo’yalmagan, shtapel va jgutdagi tola chiqargan. 1982 yildan boshlab ishlab chiqarishning I va II navbatlarida bo’yalgan tola tayyorlash o’zlashtirildi. 1996 yilning 31 mayida nitron ishlab chiqarishning birinchi navbati foydalanishdan to’xtatildi. Shunday qilib, hozirda ishlab chiqarishning faqat ikkinchi navbati faoliyat ko’rsatmoqda.

Ishlab chiqarishning nitron tolasi (regeneratsiya, ekstraksiya, yigiruv-ishlov berish, polimerizatsiya) sexlaridan tashqari, uy xo’jaligida talab katta bo’lgan xalq iste’moli mollari (tikish vatini, igna bilan qavilgan vatin, turli rangdagi taralgan tolalar) chiqarish sexlari tashkil etilgan.

Ishlab chiqarishning chiqindilari skvajinalarni burg’ilashda ishlatiladigan bebaho mahsulot – suvda eruvchan K-9 markali polimer preparati olishda ishlatiladi.

«Kaustik soda va kam tonnali kimyoviy mahsulot» ishlab chiqarishi

Ushbu ishlab chiqarishning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • kaustik soda, xlor va xlor mahsulotlar yiliga 26 ming tonna ishlab chiqarish bo’yicha sex;
  • xlorli ammoniy ishlab chiqarishi;
  • «Uniflok» preparatini ishlab chiqarishi;
  • gelsimon poliakrilomid ishlab chiqarishi;
  • quruq granullangan poliakrilomid ishlab chiqarishi;
  • sintetik xlorid kislotani ishlab chiqarishi;
  • ingibirlangan xlorid kislotani ishlab chiqarishi;
  • texnikaviy metanol ishlab chiqarishi;
  • pentaeritrit ishlab chiqarishi;
  • formalin ishlab chiqarishi;
  • karbomidaformaldegid yelimni ishlab chiqarishi;
  • polieliktrolitlar (suvda eruvchan polimerlar) ishlab chiqarishi;
  • kimyoviy tozalangan xlorid natriy ishlab chiqarishi;
  • yengil yonuvchan va yoqilg’i suyuqliklar omboxonasi.

Azot-fosforli o’g’itni ishlab chiqarishi

Ishlab chiqarish qabul qilish, saqlash va donalashtirish binolarga fosforit unini uzatishdan; ammiakli selitra eritmasini yuqoriga donalashtirish binoga uzatishdan; eritma va fosforit unini aralashtirish, olingan qorishmani donalashtirish, donalarni sovutish va quritish, mahsulotni polipropilen qoplarga qadoqlash va transportlashdan iboratdir.

Ishlab chiqarishning asosiy jig’ozga: 1-shnek qorishtirgich; 1-markazdan qochirma uyurma donalagich; ammiakli selitra 3-sexining donalash binosining yuqorida joylashgan «qaynatma qatlamda» 1-sovutish apparati.

Тexnikaviy tiomochevina ishlab chiqarishi

Rodanidli ammoniydan tiomochevinani olish usuli rodanidli ammoniy izomerizatsiya yo’lida 135÷1450 S haroratda eritish jarayonida tiomochevinaga aylantirilishga asoslangan. Тiomochevinani olish uchun xom ashyo – tiomochevinani ishlab chiqarish sexining tarkibiga kiruvchi rodanidli ammoniyni olish qurilmasida olinadigan rodanidli ammoniyning suvli eritmasi.

Тiomochevinani olish qurilmasi quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Rodanidli ammoniyni tozalash bosqichi;
  • Rodanidli ammoniyni bug’lantirish va izomerizatni olish bosqichi;
  • Izomerizatdan qo’sh tuzni ajratish bosqichi;
  • Тiomochevinani kristallashtirish va ajratish bosqichi;
  • Oqova suvlarni yig’ish va bug’lantirish bosqichi;
  • Gaz chiqindilarni tozalash bosqichi;
  • Bug’, kondensat va issiq suvni ajratish bosqichi;
  • G’o’lali zichlikga suv va moyni yetkazish bosqichi.

Hozirgi kunda tiomochevinani ishlab chiqarish bo’yicha loyihali quvvat bir yilda 900 tonnani hosil qildi, erishilgan quvvat yiliga 1400 tonnani tashkil topdi, quvvatni yiliga 2500 tonnaga ko’tarish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Прослушать