(99879) 229-22-36

Korxona faoliyati masalasi
yuzasidan yagona telefon raqam

(99879) 224-41-11

Ishonch telefoni

Прослушать
  1. Kompaniya haqida /
  2. Tuzilma /
  3. Tashkiliy tuzilma

Marketing, sotish va sotib olish bo‘yicha direktor

Eshanov Abdurasul Abdullayevich (vazifasini bajaruvchi)

Telefon 229-22-04

e-mail: commerdal@navoiyazot.uz

Asosiy majburiyat va vazifalari: moddiy-texnik manbalarning bir maromda yetkazilishini, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish rejalarini amalga oshirish uchun kerakli mavjud resurslardan samarali foydalangan holda tayyor mahsulotning o‘z vaqtida sotilishini ta’minlash, korxona xo‘jalik faoliyatini moddiy-texnik ta’minot, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash, mahsulotni sotish, moddiy va moliyaviy boyliklardan samarali foydalanishni ta’minlash, ular sarfini kamaytirish sohalarida ishni tashkillashtirish va boshqarish, aylanma mablag‘larning aylanish tezligini oshirish, bo‘ysunuvchi bo‘linmalarning ishlarini muvofiqlashtirish.

Ishlab chiqarish bo‘yicha direktor – bosh muhandis

Jo‘rayev Nodir Yodgorovich

Telefon 229-22-01

e-mail: engineer@navoiyazot.uz\

Asosiy majburiyat va vazifalari: texnik siyosat yo‘nalishini aniqlash, bozor iqtisodiyotining qiyin sharoitlarida qayta qurish va qayta ta’minlash muammolari yechimini hal etish, moddiy-texnik topshiriqlar uchun xarajatni kamaytirishda mehnat samaradorligi va unumdorligi ko‘rsatkichlarini yuksaltirgan holda ishlab chiqarish umumiy tayyorgarligi zarur darajasini saqlash,oldindan ko‘zlangan va qabul qilingan biznes-rejalar asosida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni boshqarish, yangi texnologiya va jihozlarni tadbiq etishga yo‘naltirilgan tashkiliy-texnik va ilmiy-tadqiqot chora-tadbirlarini tashkillashtirish orqali zarur texnologik va konstruktorlik ishlarini loyihalashtirish, loyihalar, texnologik va konstruktorlik ishlanmalari, ishlab chiqarish sanitariyasi mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi nizomlari me’yor va qoidalari bajarilishini nazorat qilish.

Moliya ishlari bo‘yicha direktor

Saliyev Rustam Nusratovich (vazifasini bajaruvchi)

Telefon 229-27-08

e-mail: economics@navoiyazot.uz\

Asosiy vazifalari: mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligi hamda rentabellikni, chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga, uning tannarxini tushirishga yo‘naltirilgan korxona iqtisodiy faoliyatida takomillashtirish va tashkillashtirishni boshqarish, moddiy, mehnatga oid va moliyaviy boyliklari sarfini kamaytirishda eng katta natijalarga harakat qilish, metodik boshqaruv va korxonaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi, shuningdek, ,korxonaning barcha bo‘linmalari faoliyatida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida istiqboldagi va joriy ma’lumotlarni ishlab chiqish bo‘yicha koordinatsiya va uslubiy rahbarlik qilish, jumladan, ichki xo‘jalik zahiralarining namoyon bo‘lishi va ulardan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar,ichki manbalardan, qarz vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hisobiga korxonada texnik-iqtisodiy ishlar ko‘rsatkichini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish ishlarini tashkil qilish, korxona aylanma mablag‘lari va moliyaviy resurslarini asrash va ulardan unumli foydalanish, asosiy faoliyatni ta’minlash uchun erkin konvertirlovchi valyutada vositalar konvertatsiyasini o‘tkazish, asosiy faoliyat bo‘yicha kreditlar rasmiylashtirish va ular holati ustidan nazorat qilish, korxona ulgurji narxini ishlab chiqish va qo‘llash bo‘yicha ishlar koordinatsiyasi, mahsulot tannarxi rejali kalkulyatsiyasini tuzish va ishlab chiqarilgan mahsulot xarajatlar smetasini rasmiylashtirish, mehnatni tashkillashtirishni takomillashtirish, ishlab chiqarishni, oylik maosh berish tartibi va tizimini boshqarish,texnologik qurilmalardan foydalanish xavfsizligini ta’minlash hisobiga xodimlar sonini rejalashtirish va umumiy hajmda rejali - ogohlantirish ta’mirini o‘tkazish, biznes-reja bajarilishining borishi bo‘yicha nazoratni ta’minlash, korxona va bo‘linmalarning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha kompleks iqtisodiy tahlil o‘tkazish, iqtisodiy faoliyat natijalari haqidagi hisobotni o‘z vaqtida muvofiq yuqori organlarga taqdim etilishini,o‘ziga buysunuvchi xizmat va bo‘linmalarning ish koordinatsiyasini nazorat qilish.

Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari – investitsiyalar bo‘yicha direktor

Suyarov Nazirjon Saydullayevich (vazifasini bajaruvchi)

Telefon: 229-27-08

e-mail: economics@navoiyazot.uz

Asosiy majburiyat va vazifalari: modernizatsiya va tarmoqni rivojlantirish, jumladan, o‘z ichiga loyihalar va ularni moliyalashtirish manbalarini oluvchi mahsulotni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan dasturni ishlab chiqish va yangilash, ishlanma koordinatsiyasi, investitsion takliflar va pasport, biznes-reja, PTEO/TEO, PTER/TER va loyihaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan boshqa darkor hujjatlarni o‘z ichiga olgan loyihaoldi hujjatlarni belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va tasdiqlash, tender ( konkurs) savdolarini o‘z vaqtida o‘tkazilishi bo‘yicha monitoring, xulosa, shartnomalarni tekshirish va qayd qilish, investitsion byudjetni tuzish, korxona investitsion siyosati va strategiyasini ishlab chiqish, korxona investitsion faoliyatini moliyalashtirish manbalarini aniqlash va shakllantirish, korxona investitsion siyosati va strategiyasini ishlab chiqish, korxona umumiy iqtisodiy strategiyasiga muvofiq yetakchilik taqsimoti, investitsion loyihalarni ko‘rib chiqish, tahlil qilish va baholash hamda korxona investitsion strategiyasini qoniqtirganda ularni quvvatlash, investitsion faoliyatning amalga oshirilishi va korxona investitsion siyosatiga rioya qilish ustidan nazorat olib borish. 

Kapital qurilish, ijtimoiy masalalar va oziq-ovqat dasturini amalga oshirish bo‘yicha direktor

Gadjiyev Ilgar Zakir Ogli (vazifasini bajaruvchi)

Telefon: 229-29-29

Asosiy majburiyat va vazifalari: korxonaning amaldagi sexlarida kapital qurilish va ta’mir ishlari bo‘yicha ishlarning bajarilishini ta’minlash, buysunuvchi struktura bo‘linmalarining ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati,loyiha-tadqiqot ishlarini yaxshilash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish, ishlab chiqarishni tashkillashtirishni takomillashtirish va qurilishning rivojlanayotgan usullarini joriy qilish, qurilish ishlarini amalga oshirishda xarajatni kamaytirish va sifatni ko‘tarish, shuningdek, ularni o‘tkazish muddatini qisqartirish, texnik qayta qurollantirish qismida biznes-reja tuzishda va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ishtirok etish, zarur moliyaviy mablag‘larni aniqlash, jumladan, qurilish, loyihalash, va jihozlarni sotib olish uchun investorlar mablag‘lari, shuningdek, kapital mablag‘larni moliyalashtirish manbalari,xo‘jalikni boshqarishda bozor uslublari sharoitida kapital ta’mir bo‘yicha ishlarni ketma-ket tashkillashtirish, ijtimoiy va kundalik turmush masalalar, chunonchi, korxonada chorvachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, ijtimoiy rivojlanish va korxona oziq-ovqat dasturini amalga oshirish bo‘linmalari ishi samaradorligini oshirish rejalarini ishlab chiqish va joriy qilishga rahbarlik qilish, turar-joy qurilishiga ko‘maklashish, korxona turar-joy fondi va uning ijarachilari bilan bog‘liq zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, tasdiqlangan strukturaga muvofiq, buysunuvchi bo‘linma ish koordinatsiyasi va faoliyatini tashkillashtirish. 

Logistika bo‘yicha direktor

Xolmuradov Fazlitdin Nurmamatovich

Telefon: 229-21-10

e-mail: transport@navoiyazot.uz

Asosiy majburiyat va vazifalari: transportda tashishni ta’minlash, ishlab chiqarish rejalarini bajarish va mahsulotni sotish bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirish, transport vositalaridan samarali foydalanish, transport vositalari xizmati, texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, transport va yuklash - tushirish vositalari, ko‘chma sostav, pod’ezd yo‘llar, korxona balansiga kiruvchi yo‘l qurilmalarining joriy va kapital ta’miri ishlarini rejalashtirishni tashkil etish, ko‘chma sostavdan foydalanishni tashkil qilish, transportning barcha turlarini foydalanishga tayyor holati barqarorligini ta’minlash, ish samaradorligi va transport xizmati faoliyati natijalari, buysunuvchi bo‘linma ish koordinatsiyasi hisobini tashkillashtirish.

Rejim bo‘yicha direktor

Telefon: 229-20-12

e-mail: safety@navoiyazot.uz

Asosiy majburiyat va vazifalari: ob’ekt, ruxsatnoma rejimi va moddiy boyliklar butligining ishonchli himoyasini ta’minlash, amaldagi nizomlar, yo‘riqnomalar va texnik shartlar bilan muvofiqlikda harbiylashgan qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatini tashkillashtirish, ob’ektlarni qo‘riqlash va ruxsatnoma rejimini amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni ishlab chiqish va tashkillashtirish.

Buxgalteriya

Pirnazarov To‘lqin Xalilovich 

Telefon: 229-28-04 

e-mail: buh@navoiyazot.uz

Asosiy majburiyat va vazifalari: buxgalteriya hisob-kitobi va hisobotning to‘liq, ishonchli, va o‘z vaqtida qilinishini, jamiyat hisobot siyosatini ishlab chiqish va unga rioya qilinishini ta’minlash, aktivlar harakati va holati haqidagi to‘liq va aniq ma’lumotlarni buxgalteriya hisob-kitobidagi hisoblarda shakllantirish, mulkiy huquq va majburiyatlar holati, korxonani samarali boshqarish maqsadida buxgalter hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish, moliyaviy, soliq va statistik hisobot, naqd hisob- kitob va mulk harakati hisobini ta’minlash, tasdiqlangan me’yorlar, me’yornoma va smetalarga ko‘ra, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish, hisob-kitobning zamonaviy va taraqqiy etayotgan shakl va usullarini qo‘llash asosida buxgalterlik hisobi tizimini o‘rnatish, tasdiqlangan strukturaga muvofiq, buysunuvchi bo‘linmalarning ish koordinatsiyalari bo‘yicha uslubiy rahbarlikni amalga oshirish.

Kadrlar boshqarmasi

Farmanov Xasan Mavlyanovich

Telefon: 229-28-05

e-mail: personal@navoiyazot.uz

Asosiy majburiyat va vazifalari: kadrlarni rejalashtirish va hisobga olish, aniqlash va tanlash, kasbiy ko‘nikma, xodimni o‘qitish va mansabini ko‘tarish, baholash va olgan natijaga ko‘ra o‘rnini o‘zgartirish, rahbar kadrlarni tayyorlash. Xodimning ijtimoiy himoyasi, yangi vakant o‘rinlar yaratish va yangi xodimlarni ishga qabul qilish, xodimni ishdan bo‘shatish va bo‘sh ish o‘rniga talablarga yanada ko‘proq javob beradigan yangi ishchi qabul qilish, xodimlarning malakasini (bilimini) oshirish, xodimlarni qayta tayyorlash, shtatlarni qisqartirish, ishchilarning mehnat natijasiga qiziqishini oshirish, xodimlarning boshqaruv jarayonida ishtirok etishga jalb qilish, xodimlarni boshqarish bo‘yicha izchil va oqilona siyosat yuritish, puxta o‘ylangan ijtimoiy siyosat yuritish, korxona bo‘linmalarida kadrlar ta’minoti sohasidagi ishlar koordinatsiyasida, huquqiy va intizomiy jihatdan xodimlarning istiqbolli rivojlanish siyosatini joriy qilish.

Korporativ munosabatlar va axborot resurslar boshqaruvi

Karagodina Lyudmila Afanasevna

Telefon: 229-27-24

e-mail: management@navoiyazot.uz

Asosiy majburiyat va vazifalari: korporativ siyosatni va aksionerlararo, boshqaruv va nazorat organlari, aksionerlik jamiyatning o‘zi bilan almashinuvlarni samarali amalga oshirishni tashkillashtirish, korporativ qonunchilik, ustav va jamiyatning ichki hujjatlari talablari bajarilishini nazorat qilish, jamiyat boshqaruv organlari qabul qilgan qarorlar bo‘yicha aksionerlar huquqlari va mulkiy manfaatlariga rioya qilinishini nazorat qilish, aksionerlar umumiy yig‘ilishni tashkillashtirish va o‘tkazilishini ta’minlash, jamiyat Pravleniyasi ishlarini ta’minlash, ommaviy e’lon qilingan axborotlar qonunchiligi talablari bajarilishini tashkillashtirish va nazorat qilish, aksionerlar huquq va mafaathimoyasini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan korporativ protseduralarning ko‘rib chiqilgan qonunchiligini bajarishda ishtirok etish, jamiyatda korporativ boshqaruv amaliyotini rivojlantirish, korporativ boshqaruv Kodeksi tavsiyalariga rioya qilish.

Axborot va aloqa texnologiyalarini boshqarish 

Xalikov Ixtiyor Kundibayevich

Telefon: 229-20-05

e-mail: it@navoiyazot.uz

Asosiy majburiyat va vazifalari: IChBAT vositalari yordamida korxonaning biznes jarayonlarini boshqarish vazifalarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal etilishini ta’minlash, korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati axborot maydonining tahlili, boshqaruvning dasturiy majmui sohasida IChBATning uzluksiz va intensiv rivojlantirish, korxonani boshqarishning yangi usullarini ishlab chiqish va tadbiq etish, avtomatlashtirilgan biznes jarayonlarni optimallash, IChBATning apparat majmui texnologiyalarining mavjudlarini uzluksiz va intensiv takomillashtirish va yangilarini tadbiq etish, IChBATning butun dasturiy-apparat majmuini uzluksiz ish bilan ta’minlash, korxona bo‘limlari va xizmatlari masalalarini hal etish uchun axborot-hisoblash resurslaridan foydalanish maqsadga muvofiqligini aniqlash.

Sanoat xavfsizligi nazorati xizmati

Nurnazarov Soxib Iskandarovich (vazifasini bajaruvchi)

Telefon: 229-24-02

e-mail: pbopo@navoiyazot.uz

Asosiy majburiyat va vazifalari: o‘z ichiga «Navoiyazot» AJda sanoat xavfsizligi holati tahlili, sanoat xavfsizligi holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, qonunchilik aktlari va me’yoriy-texnik hujjatlarda belgilangan isanoat xavfsizligi talablariga rioya qilish nazorati, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyalardan ogohlantirish va avariyalar tarqalishining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ishlar koordinatsiyasi, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida, ta’mirlar va nazorat o‘lchov vositalarini tekshirishda qo‘llaniladigan texnik qurilmalar, bino va inshootlarning kerakli sinovlari va tekshiruvlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazorat, texnologik intizomga rioya qilish ustidan nazorat.

Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha xizmat

Kagirov Ildar Nadjyarovich 

Telefon: 229-25-92

Asosiy majburiyat va vazifalari: O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlardan fuqaro muhofazasi, aholi va hududlar himoyasi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida fuqaro muhofazasi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida boshqaruvni amalga oshirish, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaro muhofazasi, aholi va hududning favqulodda vaziyatlardan himoyasi sohasidagi nazorat xizmatlarini amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida fuqaro muhofazasi, favqulotda vaziyatlarda shoshilinch sezish, O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilishni tashkillashtirish va yuritishbo‘yicha faoliyatni amalga oshirish, zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq fuqaro himoyasini boshqarish.

Sifat nazorati va standartlarga amal qilish bo‘limi

Rizayeva Xabiba Xamidovna 

Telefon: 229-25-01

Asosiy majburiyat va vazifalari: ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati darajasiga o‘z vaqtida va maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish, ishdagi turli kamchilik va to‘xtashlardan ogohlantirish, ularning tezkor aniqlanishini va imkonqadar kam resurslar sarfi bilan bartaraf etishni ta’minlash, ishlab chiqarishdagi braklar profilaktikasi, amalga oshirilayotgan tekshirishlar natijalari to‘g‘ri va xolisligiga tarkibiy tuzilmalar rahbarlari javobgarligini oshirishni ta’minlash, iste’molchilarga past sifatli mahsulotning yetkazib berilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ishlab chiqarishni tayyorlash jarayonida standartlar, texnik shartlar, boshqaruvchi materiallar va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlardan to‘g‘ri foydalanish ustidan nazorat, o‘z ishlab chiqarishi yarim tayyor mahsulotlari va tayyor mahsulotlari sifati nazorati, standartlar va texnik shartlar talablari buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar va og‘ishlardan ogohlantirish maqsadida mahsulot sifati, uskunalar va texnologik jarayon holati tg‘risidagi to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish.

Mahsulot bozori holatini o‘rganish va monitoring bo‘limi

Avezov Ruslan Isroilovich 

Telefon: 229-26-64 

e-mail: oktr@navoiyazot.uz

Asosiy majburiyat va vazifalari: mahsulot bozori holatini o‘rganish, yetkazib beruvchilarning kengaytirilgan qidiruvi, xomashyo, materiallar, uskunalar, jamlantiruvchilarning ularga belgilangan talablarga (DTST ISO, Tsh) muvofiqligini ta’minlash, axborot yig‘ish va o‘rganish, tovar-moddiy boyliklarga kelib tushgan talabnomalarni ko‘rib chiqish, narx va raqobat varaqalarini tuzish, sotib olinuvchi mahsulotga talablarni aniqlash va hujjatlashtirish, takliflarni o‘rganib chiqish, saralash mezonlarini aniqlash, yetkazib beruvchilarni davriy baholash, sotib olinuvchi mahsulot parametrlari va talablarga muvofiqligi tahlili, tanlov savdolarini tashkillashtirish va o‘tkazish, ishlab chiqarishning joriy va istiqbolli prognozlarini ishlab chiqish va iste’mol mahsulotlarini korxona tomonidan sotilishida bevosita ishtirok etish, zarur holatlarda jamiyat rahbariyatiga ularning to‘g‘irlanishi (korrektirovkasi) bo‘yicha takliflar taqdim etish, korxona mahsulotiga reklama prospektlari ishlab chiqilishi va tahlilida ishtirok etish.

Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tahlili, tannarxni pasaytirish va resurslarni tejash bo‘limi

Saidov Xayrullo Niyazovich

Asosiy majburiyat va vazifalari: zamonaviy resurs va energiya tejovchi texnologiyalar va uskunalar, mahsulotni boshqarishning yangi elektron-informatsion tizimlarni tadbiq etish hisobiga ularni ahamiyatli pasaytirish bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqish bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish sarf-harajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillar tahlili, uskunalarning rejali-ogohlantiruv ta’mirlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar koordinatsiyasi, mahsulot tannarxini pasaytirish va resurslarni tejash, yoqilg‘i-energiya resurslari iqtisodi va energiya tejash bo‘yicha choralar majmuini ishlab chiqish.

Yuridik bo‘lim

Gulenko Yevgeniy Nikolayevich

Telefon: 229-20-16 

e-mail: jurist@navoiyazot.uz

Asosiy majburiyat va vazifalar: hujjatlar rasmiylashtirilishi qonuniy bo‘lishiga amal qilish, iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish, shartnomalar tuzish, shikoyatlar ko‘rsatish, huquqiy hujjatlarni tuzish, da’vo qilish, tashkilotning o‘zida huquqiy harakatlarning savodliligini va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda huquqga egaligini nazorat qilish, huquqbuzarliklarni topish va bartaraf etish, ularni me’yoriy hujjatlarni vizalash yo‘li bilan oldini olish, yuridik shaxs, tashkilot qonuniy manfaatlarini himoya va ifoda etish, huquqiy yo‘llar yordamida topshiriq va vazifalar bajarilishini ta’minlash, ishda huquqiy vositalarni qo‘llagan holda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarni mustahkamlash, korxona boshqaruv organlari tomonidan qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashish, mahalliy me’yoriy aktlarni tashkillashtirish va tayyorlash. 

Toshkent shahridagi vakillik

Telefon: 0371 140-74-64

e-mail: delegate@navoiyazot.uz

Asosiy majburiyat va vazifalari: boshqaruvchi kompaniya rahbariyati tomonidan chaqiriluvchi yig‘ilishlarga tayyorgarlik va ishtirok, vakillikdagi hamkorlar bilan ishlarni rejalashtirish va tashkil qilish, tender savdolarida va sotib olishga tayyorgarlik ko‘rish va qatnashish, respublika, hududiy, xalqaro va chet el savdo-sanoat ko‘rgazmalari va tanlovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ishtirok etish, o‘z vakolati doirasida chet ellik hamkorlar savdo va madaniyat vakilliklari, shu jumladan MDH va uzoq horij mamlakatlari, Toshkent shahridagi hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish, xodimlar chet el safarlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq konsullik va pasport-viza masalalarini hal etishda yordam ko‘rsatish, chora-tadbirlar rejasiga muvofiq korxonaga rahbariyat taklifi bo‘yicha yo‘nalgan chet el delegatsiyalariga tashkiliy ko‘maklashish.

Прослушать
Highlight found mistake and press Ctrl + Enter to notify the administrator.