- Biz haqimizda
- Korporativ boshqaruv
- Mahsulotlar katalogi
- Hamkorlar
-
Matbuot markazi
-
Yangiliklar
-
Gender tengligi
-
Bizning Faxrimiz
-
Rasm galereyasi
-
Videogalereya
-
“Navoiy kimyogari” gazetasi
-
Izohlar
-
Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
-
Davlat ramzlari
-
Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
-
Davlat dasturlari
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
-
Yangiliklar
- ESG
-
Barqarorlik
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Mirzayevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasi
-
Ichki me'yoriy hujjatlar
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjatlar
-
Aloqa kanallari
-
Hisobotlar
-
Monopoliyaga qarshi komplaens xizmati
-
Targ'ibot tadbirlari
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- Aloqa
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
Asosiy > “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Mirzayevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Mirzayevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
Hurmatli hamkasblar va hamkorlar!
Кorrupsiya olib keladigan zarar dunyodagi barcha davlatlar uchun xavfli hisoblanib, har bir davlatning turli yo‘nalishlarda olib borilayotgan islohotlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan qator chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirib borilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etib kelinyapti.
Hurmatli hamkasblar, korrupsiya - bu jamiyatimizning barcha sohalari, jumladan ishlab chiqarishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jiddiy muammo. U iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi, yangi kirib kelayotgan investitsiyalar yo‘liga g‘ov bo‘ladi, raqobatbardoshlikni pasaytiradi.
Ishlab chiqarish korxonalarida sifatsiz yoki belgilangan narxdan qimmat narxga xomashyo sotib olish, sifatsiz mahsulotlarni sotish yoki narxlarni sun’iy ravishda oshirish, ishlab chiqarish jarayonlari, xavfsizlik qoidalarini buzish, ishchilarning huquqlarini poymol etish, moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirish orqali soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash kabi holatlar orqasidan kelib chiqadigan korrussiya holatlarining oldini olish har bir rahbar-xodimning asosiy vazifasi bo‘lishi maqsadga muvofiqligini ta’kidlamoqchiman.
Ishlab chiqarish korxonalarida xomashyo sotib olishdan tortib, tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda korrupsiya xavfi mavjud. Shuning uchun, ishlab chiqarish jarayonlarida korrupsiyaga qarshi kurashish juda muhimdir.
Ishlab chiqarish jarayonini qat’iy nazorat qilish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish uchun videokameralarni o‘rnatish, ishlab chiqarish jarayonini qat’iy nazorat qilish uchun maxsus xodimlarni tayinlash, mutaxassislarni korrupsiyaga qarshi kurashish, qonunlar va etik qoidalar boʻyicha o‘qitish, jamoatchilikni korrupsiyaga qarshi kurashga jalb qilish, ularni bu illat natijasida kelib chiqadigan xavflar haqida xabardor qilish, fikrlarini tinglash, ishlab chiqarish jarayonida shaxsiy manfaatlardan foydalanishning oldini olish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish korxonada korrupsiya holatlari yuzaga kelishining oldini oladi.
Korxonamizdagi faoliyatni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan Komplaens-nazorati boshqarmasi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya holatlarini oldini olishda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir”. Bu so‘zlarni har birimiz shior qilib olishimiz zarur.
Korrupsiyaga qarshi kurash - barchamizning vazifamiz. Ishlab chiqarish korxonalari ham bu kurashda faol ishtirok etishlari kerak. Korrupsiyaga qarshi kurashish orqali biz iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiramiz, investitsiyalarni jalb qilamiz, raqobatbardoshlikni oshiramiz va jamiyatda ishonchsizlikni kamaytiramiz.
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
- “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Mirzayevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
- “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati