Asosiy > “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati

“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati

...

Korrupsiya — taraqqiyotga tahdid.

Korrupsiya — jamiyat va davlat rivojiga jiddiy to‘siq bo‘ladi. Bu illat pora olish yoki berish, tanish-bilishchilik, mansabni suiiste’mol qilish va davlat mulkidan noqonuniy foydalanish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Korrupsiya jamiyatda adolat va ishonchni susaytiradi. Natijada kishilar qonunga emas, pul yoki aloqalarga ishonib qoladi. Bu esa iqtisodiy taraqqiyotni sekinlashtiradi, investitsiyalarni kamaytiradi va aholining davlatga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi. Bu borada xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda “Navoiyazot” AJning 036 va 037-sexlari xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonini ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. 

Sex xodimlari ishtirokidagi yig‘ilishda poraxo‘rlik bor joyda tenglikning yo‘qolishi, tanish-bilishchilikning ustun qo‘yilishi,  pora berish va olish ham jinoyat ekanligi va bunday holatlarda fuqarolarning qonun oldidagi javobgarligi muqarrarligi ta’kidlandi.

Halol mehnat qilish, vijdonan va islohotlarga daxldorlik hissi bilan ishlash, noqonuniy holatlarga befarq bo‘lmaslik xususida so‘z yuritildi.

Joriy yilning 27-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida korrupsiyaviy sxemalar orqali davlat byudjetiga yetkazilayotgan zarar haqida aytib o‘tildi.

Transport sexlari ishtirokida o‘tgan mazkur tadbir korxonamizda ushbu yo‘nalishdagi targ‘ibot tadbirlari, huquqiy tushuntirishlarni kuchaytirish orqali korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi immunitetni hosil qilish, sohani raqamlashtirish hamda shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Axmatilla Shononov

“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining transport va logistika bo‘yicha o‘rinbosari

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish