Asosiy > Uyg`unlashgan boshqaruv tizimlari

Uyg`unlashgan boshqaruv tizimlari

 

“NAVOIYAZOT” АJ DA

UYGUNLASHGAN BOSHQARUV TIZIMLARI

 

UYGUNLASHGAN BOSHQARUV TIZIMLARI SOHASIDAGI STRATEGIK MAQSADLAR:

  • Manfaatdor tomonlarning talab va istaklarini qondiradigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish;
  • Sifat, ekologiya, energiyani tejash, sog'liqni saqlash va mehnat xavfsizligi sohasida qonunchilik, me'yoriy, huquqiy talablar va xalqaro standartlar talablariga rioya qilish;
  • Ishda jarohatlanish va sog'lig'ining yomonlashuvini oldini olish uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini ta'minlash;
  • Ishlab chiqarish faoliyatining atrof muhitga zararli ta'sirini oldini olish yoki kamaytirish;
  • Uyg`unlashgan boshqaruv tizimlari sohasidagi bo`lishi mumkin bo`lgan havflarni kamaytirish;
  • Ishlab chiqarish uchun energiya sarfini kamaytirish va resurslardan oqilona foydalanish orqali ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish.

 

“NAVOIYAZOT”AJ rahbariyati o'z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:

  • Korxona faoliyatini muntazam tahlil qilish asosida menejment tizimining samaradorligini doimiy ravishda yaxshilash va oshirish;
  • Korxonaning faoliyati uchun zarur resurslar va hujjatlashtirilgan axborotlarning mavjudligini ta'minlash;
  • Mahsulotlar, uyg`unlashgan boshqaruv tizimlari va korxona faoliyatini qonunchilikda belgilangan talablariga muvofiqligini ta'minlash;
  • Jamoa shartnomasiga rioya qilish;
  • Uskuna va jihozlarni harid qilishda hamda texnologik jarayonlarni loyihalashda energiyasamaradorlikni, atrof-muxitga ta`sirni, xavfsizlikni va sifatni hisobga olish.

Uygunlashgan boshqaruv tizimlari shakllanish tarixi

  • 2007 yildan «Sifat menedjmenti tizimi» ISO 9001 tadbiq qilingan va amalda;
  • 2014 yildan «Ekologiya menedjmenti tizimi » ISO 14001 tadbiq qilingan va amalda;
  • 2014 yildan «Sog‘liqni saqlash va havfsiz mexnat sharoitini taminlash» menedjmenti tizimi  OHSAS 18001:2011 tadbiq qilingan va amalda;
  • 2017 yildan «Energiya menedjmenti tizimi»  ISO 50001:2011 tadbiq qilingan va amalda; 
  • 2017 yilda ISO 9001:2015 halqaro standartining yangi versiyasiga o`tildi;
  • 2017 yilda ISO 14001:2015 halqaro standartining yangi versiyasiga o`tildi;
  • 2017 yilda ISO 9001, ISO 14001, OHSAS 18001 va ISO 50001 halqaro menedjment tizimlari standartlari asosida uygunlashgan boshqaruv tizimlariga milliy va halqaro sertifikatlar ООО «Management Certification» kompaniyasi yordamida qo‘lga kiritildi
  • 2018 yilda 1-kuzatuv auditi muvaffaqiyatli o`tkazildi
  • 2019 yilda 2-kuzatuv auditi hamda sertifikatlash hududining kengaytirish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi
  • 2019 yilda halqaro boshqaruv tizimining Energiya menedjmenti tizimi» ISO 50001:2018 va          ISO 45001:2018 «Sog`liqni saqlash va havfsiz mexnat sharoitini taminlash» menedjmenti tizimi standartlarning yangi versiyasiga o`tish ishlari  rejalashtirildi
  • 2020-yilda polivinilxlorid, kaustik soda va metanol, ammiak va karbamid hamda nitrat kislota komplekslari buyicha uyg`unlashgan boshqaruv tizimini sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish ishlari rejalashtirilgan
  • 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi va O'zbekiston Respublikasida amaldagi karantin tadbirlari tufayli re-sertifikatlash auditi o'tkazilmadi. Sertifikatlashtirish organiga 15.06.2020 yilda 03/4215-sonli xalqaro standartlar talablariga mos re-sertifikatlashtirish auditi keying surilishi yuzasidan roziligini olish niyati xat yuborilib. sertifikatlashtirish organidan (18.06.2020 yil 111/20-sonli xat) javob xati olindi. Sertifikatlar qayta nashr etildi va tegishli amal qilish muddatlari 6 oyga uzaytirildi ya`ni 2020 yilning dekabrigacha.
  • 2020 yilda uyg`unlashgan boshqaruv tizimlarini sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish, yaratish, joriy etish va tayyorlash loyihalarini amalga oshirish bo'yicha ISO 9001:2015, ISO 14001:2015,     ISO 50001:2018 va ISO 45001:2018 xalqaro standartlari talablariga muvofiq eksportga yo'naltirilgan polivinilxlorid, kaustik soda, metanol, ammiak, karbamid va nitrat kislota mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida "Global Management Consult" kompaniyasi orqali konsalting xizmatlari o'tkazildi.
  • 2021-yil yanvar oyida uyg`unlashgan boshqaruv tizimi sohasida: “ Sifat menedjmenti tizimi”
  •  ISO 9001:2015, “Ekologiya menedjmenti tizimi” ISO 14001:2015,” Sog‘liqni saqlash va havfsiz mehnat sharoitini ta’minlash ” ISO 45001:2018 va «Energiya menedjmenti tizimi»  ISO 50001:2018 xalqaro standartlari talablariga muvofiq re-sertifikatlashtirish auditi o'tkazildi. Shuningdek muvofiq sertifikatlar olindi.
  • 2022-yil 2-kuzatuv auditi ‘Management Certification’ kompaniyasi xodimlari tomonidan o‘tkazildi va muvaffaqiyatli yakunlandi.
  • 2023-yilda “DQS Qualiti System’ xalqaro sertifikatlashtirish kompaniyasi tomonidan 1- va 2- bosqich sertifikatlashtirish auditi o‘tkazildi. Natijada korxonaning barcha tuzilmalari xalqaro standart talablariga muvofiqligi aniqlandi va xalqaro hamda milliy sertifikatlar qayta yangilandi.
  • Ammiak va karbamid ishlab chiqarish sеxlariga xizmat ko‘rsatish sinov laboratoriyasi O‘zbekiston Akkreditatsiya markazi tomonidan 2023-yil 29-mayda O‘ZAK.SL.0304-raqamli Akkreditatsiya guvohnomasi olindi. Sinov laboratoriyasining akkreditatsiya sohasi 12 ta ko‘rsatkichni qamrab olgan bo‘lib bular tabiiy gaz va karbamid mahsulotlariga tegishlidir.
  • 2024-yilda “DQS Qualiti System’ xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti auditorlari tomonidan           1-nazorat auditi muvaffaqiyatli o‘tkazildi
  • 2025-yil Sinov laboratoriyasining akkreditatsiya sohasi xlaqaro standartlar (GOST EN, O‘zDSt ISO) bilan uyg‘unlashtirildi va quyidagi 4 ta ko‘rsatkichlar bilan kengaytirildi
  • 2025-yilda 2-nazorat auditi “Leader Certification” MCHJ tashkiloti tomonidan o‘tkazildi va xalqaro va milliy sertifikatlar muvofiqligi ta’minlandi.
  • 2025-yil  14-oktabr “Butunjahon standartlar kuni” munosabati bilan Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan “Sifat sohasidagi mukofot” milliy sovrini va sertifikatiga ega bo‘ldi.

 

 

Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimining xalqaro va milliy standartlari haqida ma’lumot

Хalqaro standartlar nomi

Milliy sertifikatlar raqami (O`zDSt)

Xalqaro sertifikatlar raqami

(MS ISO)

Sertifikatlarning amal qilish muddati

Sifаt menejment tizimi

O'zDSt ISO 9001:2015

UZ.SMT.04.0012.17972

       2023-12-19- dan

    2026-12-18 -gacha

 

ISO 9001:2015

    IQNET-DQS

DE-31102836 QM15

    2023-12-19- dan

    2026-12-18 -gacha

Эkologik menejment tizimi

O'zDSt ISO 14001:2019

UZ.SMT.04.0012.17973

     2023-12-19- dan

2026-12-18 -gacha

ISO 14001:2015

     IQNET-DQS

№ DE-31102836 UM15

   2023-12-19- dan

2026-12-18 -gacha

Sog‘liqni sаqlаsh vа xаvfsiz mehnаtni tа’minlаsh menejment tizimi

O'zDStISO  45001:2020

UZ.SMT.04.0012.17974

       2023-12-19- dan

    2026-12-18 -gacha

ISO 45001:2018

       IQNET-DQS

№ DE-31102836 OHS18

   2023-12-19- dan

2026-12-18 -gacha

Energetika menejment  tizimi

O'zDStISO 50001:2019

UZ.SMT.04.0012.17975

     2023-12-19- dan

2026-12-18 -gacha

ISO 50001:2018

       IQNET-DQS

№ DE-31102836 EMSt 21

  2024-01-02- dan

  2027-01-02-gacha

 

Sinov laboratoriyasining xalqaro va milliy standartlari haqida ma’lumot

 

Хalqaro standartlar nomi

Milliy raqami (O`zDSt)

Guvohnomaning amal qilish muddati

Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga bo‘lgan umumiy talablar

O'zDSt ISO/IEC 17025:2019

0'ZAK.SL.0304

2023-05-29- dan

2028-05-28 -gacha

 

29.05.2023- dan

28.05.2028-gacha

 

Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimlari sertifikatlash sohasi

Uyg`unlashgan boshqaruv tizimlari sertifikati qo`llanish sohasi korxona yukori raxbariyati tomonidan tasdiqlangan va quyidagi ishlab chiqarish soxalariga berilgan:

1.      Ammiakli selitra

2.      Azotli-fosforli o`g`iti

3.      Sintetik texnik xlorid kislotasi

4.      Suyuq xlor

5.      Xlorli ammoniy

6.      Sianli natriyning suvli eritmasi

7.      Suyuq ammiak

8.      Akrilli emulsiya

9.      PAA-GS flokulyanti

10. Metanol

11. Kalsiyli ammiakli selitra

12. Аmmiakli kalsiy-magniyli selitra

13. Ammoniy sulfat – akrilat chiqarishni qo`shimcha mahsuloti

14. Nitril akril kislotasi

15. Texnikaviy sirka aldegidi

16.  Konsentrlanmagan nitrat kislotasi

17. Sintetik sirka kislotasi

18. «Uniflok» preparati

19. Texnikaviy formalin

20. Suspensiyali polivinilxlorid

21. Texnikaviy o'yuvchi natr

22. Karbamid

Sinov laboratoriyasining akkreditatsiya sohasi

Jamiyat markaziy laboratoriyasining ammiak va karbamid laboratoriyalariga xizmat ko‘rsatuvchi sinov laboratoriyasining akkreditatsiya sohasi quyidagi ko‘rsatgichlar kiradi:

1.      Quruq qolqiqqa qayta hisoblaganda azotning massa ulushi

2.      Biuretning massa ulushi

3.      Erkin ammiakning massa ulushi

4.      Gigroskopik suvning massa ulushi

5.      Umumiy suvning massa ulushi

6.      Granulametrik tarkib

7.      Namuna olish

8.      Yog‘ning massaviy konsentrasiyasi

9.      Temirning massaviy konsentrasiyasi

10. Komponent tarkib

11. Seravodorodning massaviy konsentrasiyasi

12. Mexanik aralashmalar massaviy konsentrasiyasi

13. Umumiy azotning massa ulushi

14. Fraksiyaning massa ulushi (granulometrik tarkib)

15. Biuretning massa ulushi

16. Suvning massa ulushi

Uyg’unlashgan boshqaruv tizimlari sohasidagi ko`rsatkichlar

  • Muvofiq sertifikatga ega korxona mutahassislari yordamida davriy ravishda yiliga o`rtacha 1500 korhona ishchilari o`qitilib kelinmoqda.
  • Xalqaro standartlar talablarini uyg`unlashgan boshqaruv tizimlari sohasidagi yiliga o`rtacha 58 tuzilma bo`limlari qamrab olingan holda ichki audit o`tkazilib kelinmoqda.
  • Davriy ravishda istemolchilarni qoniqish darajasini bilish va yanada yaxshilash buyicha chora tadbirlar tuzish maqsadida baholash ishlari olib borilmoqda.
  • Eksport geografiyasi kengaytirilgan bo‘lib mahsulotlarimiz  20 tadan ortiq  davlatlarga  shu jumladan; Avg‘oniston, Angola, Gresiya, Iroq, Iron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Polsha, Ruminiya, Tojikiston, Kamerun, Tailand, Turkiya, Ukraina, Efiopiya, Keniya,Argentina, Turkmaniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.
  • Uyg`unlashgan boshqaruv tizimlari ishlashining natijaviyligi yiliga o`rtacha 96 % ni tashkil qiladi.
  • Yillik rejalashtiriladigan uyg`unlashgan boshqaruv tizimlari sohasidagi maqsadldrimiz 95 % ni tashkil qiladi.
  • 2025- yil mobaynida “Yashil makon”  umummilliy loyihasi doirasida “Navoiyazot”  AJ tomonidan  226600   dona daraxt ko‘chatlari  va butalar ekildi.
  • Atmosferaga tashlamalar 2016,29 tn, qattiq chiqindilar 6199,7 tnga kamaytirildi.
  • UBT sohasidagi mumkin bo‘gan xavf-xatarlar ro‘yhati qayta ko‘rib chiqildi va tashkilotning kichik jarayonlarining faoliyati natijasiga ta’sir qiluvchi 213 ta mumkin bo‘lgan xavflar aniqlangan.
  • UBT sertifikatlash sohasida mumkin bo‘lgan sezilarli risklar bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi 94 % ni tashkil etdi .
  • Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qaroriga muvofiq mahalliy ishlab chiqariladigan 16 ta mahsulotlarga (karbamid, ammiakli selitra, texnikaviy aseton, suyuq uglerod, qattiq uglerod, PAA GS flokulyanti, natriy sianidning suvli eritmasi, ammiak markali texnikaviy poliakrilamed gel, texnikaviy o‘yuvchi nartiy) mahalliy sertifikatlar  olindi.

·       2025-yilda Energetika vazirligi xuzuridagi qayta tiklanuvchi energiya manbaalari milliy ilmiy tadqiqot institutida "JICA" (Yaponiya) tashkiloti bilan birgalikda ISO 50001  xalqaro standartlar asosida korxona mutaxassislari “Energiya menejeri kursini tugatdi va sertifikat olindi.

 

 Murojaat uchun:

Korxonasining uygunlashgan boshqaruv tizimlari bo‘limi boshlig‘i: Beshimova F.E.

Elektron pochta manzili: management_quality@navoiyazot.uz

Uyg`unlashgan boshqaruv tizimlari sohasidagi "Navoiyazot" AJ siyosati 

Sertifikatlar:

ISO 9001:2015  sifat menejment tizimi xalqaro sertifikati

ISO 14001:2015 ekologik menejment tizimi xaqaro sertifikati

ISO 45001:2018 sog`liqni saqlash va mehnat xavfsizligini menejment tizimi xalqaro sertifikati

ISO 50001:2018 energetika menejment tizimi xalqaro sertifikati

O'zDST ISO 9001:2015 standartiga muvofiqlik sertifikati

O'zDST ISO 14001:2019 standartiga muvofiqlik sertifikati

O'zDST ISO 45001:2020 standartiga muvofiqlik sertifikati

O'zDST ISO 50001:2019 standartiga muvofiqlik sertifikati

Akkreditatsiya to`g`risida guvohnoma

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish