- Biz haqimizda
- Korporativ boshqaruv
- Mahsulotlar katalogi
- Hamkorlar
-
Matbuot markazi
-
Yangiliklar
-
Gender tengligi
-
Bizning Faxrimiz
-
Rasm galereyasi
-
Videogalereya
-
“Navoiy kimyogari” gazetasi
-
Izohlar
-
Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
-
Davlat ramzlari
-
Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
-
Davlat dasturlari
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
-
Yangiliklar
- ESG
-
Barqarorlik
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Muhammadali Vafoyevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasi
-
Ichki me'yoriy hujjatlar
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjatlar
-
Aloqa kanallari
-
Hisobotlar
-
Monopoliyaga qarshi komplaens xizmati
-
Targ'ibot tadbirlari
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- Aloqa
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
Asosiy > Xavflarni boshqarish tizimi
Xavflarni boshqarish tizimi

RISK-MENEJMENT SIYOSATI
«Navoiyazot» AJ da ISO 31000:2018 “Risk Management – Principles and Guidelines” va COSO ERM konsepsiyasi asosida xavflarni boshqarish tizimini joriy etish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Tizimning maqsadi — biznes barqarorligini, sanoat va ekologik xavfsizlikni, shuningdek boshqaruv qarorlari shaffofligini oshirish.
Xavflarni boshqarish tizimi korxonaning barcha asosiy jarayonlariga integratsiya qilinadi va «Navoiyazot» AJ strategik transformatsiyasining bir qismi hisoblanadi.
METODOLOGIYA VA JARAYONLAR
Xavflarni boshqarish tizimining tamoyillari
«Navoiyazot» AJdagi xavflarni boshqarish tizimi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Integratsiya, tizimlilik, moslashuvchanlik, inklyuzivlik,
dinamikalik, ishonchli va ochiq ma’lumotlar,
shuningdek boshqaruvning barcha darajasida uzluksiz takomillashtirish.
Xavflar quyidagi turlarga bo‘linadi: strategik, operatsion, ekologik, ishlab chiqarish va moliyaviy.
Har bir xavf bo‘yicha ehtimol, ta’sir darajasi va kamaytirish choralari aniqlanadi hamda qoldiq xavf baholanadi.
XAVFLARNI BOSHQARISH TASHKILIY TUZILMASI
• Kuzatuv kengashi — xavflarni boshqarish strategiyasi va siyosatini tasdiqlaydi;
• Audit qo‘mitasi — ichki nazorat va xavflarni boshqarish tizimlarining samaradorligini nazorat qiladi;
• Boshqaruv va Risklar bo‘yicha qo‘mita — xavflarni boshqarish tizimini amalga oshirishni ta’minlaydi;
• Xavflarni boshqarish bo‘limi — xavflarni aniqlash, baholash, monitoring va hisobot berish jarayonlarini muvofiqlashtiradi;
• Ichki audit va komplaens bilan hamkorlik — nazorat jarayonlarining muvofiqligini ta’minlaydi.
Xavflarni boshqarish bo‘limi — «Navoiyazot» AJ ning mustaqil tuzilmaviy bo‘limi bo‘lib, bevosita Boshqaruv raisiga bo‘ysunadi.
Bu tuzilma xavflarni boshqarish jarayonlarining mustaqilligi, ob’ektivligi va strategik ahamiyatini ta’minlaydi.
Bo‘lim 2025 yil 28 martdagi 583/323-sonli buyruq asosida tashkil etilgan.
Shtat jadvalida ikkita lavozim ko‘zda tutilgan.
2025 yil aprel–oktabr oylarida bo‘lim to‘liq xodimlar bilan to‘ldirilgan (1618k-sonli buyruqlar, 29.04 va 10.10.2025 y.).
2025 yilda quyidagi hujjatlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi:
• Xavflarni boshqarish bo‘limi to‘g‘risidagi Nizom (05.05.2025 y.);
• Lavozim yo‘riqnomalari (07.05.2025 y.);
• Xavflarni boshqarish qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom (PF-100-son Farmon 10.07.2024 y. va “Navoiyazot” AJning 1104-son buyrug‘i 13.06.2025 y. asosida).
ASOSIY XAVFLAR VA TENDENSIYALAR
Joriy etish bosqichlari
📘 I bosqich – diagnostika (iyul–sentabr 2025 y.)
KPMG tomonidan diagnostik audit o‘tkazildi va hisobot, barqarorlik matritsasi hamda yo‘l xaritasi tayyorlandi.
📗 II bosqich – metodologiya (sentabr–oktabr 2025 y.)
Asosiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda: siyosat, identifikatsiya va baxolash metodikasi, risk-appetit va tolerantlik usuli, ichki nazorat bilan o‘zaro aloqa qoidalari.
📙 III bosqich – joriy etish (noyabr 2025 – fevral 2026 y.)
Korporativ risk-reestrni ishga tushirish, risk-owner larni o‘qitish va xavflarni baholash sessiyalari o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘qitish va malaka rivojlantirish
• 2024-yil iyun oyida “Navoiyazot” AJning 14 nafar xodimi «Cert Academy Group» o’quv markazida ISO 31000:2018 bo‘yicha o‘qitilib, sertifikat oldi.
• 2025-yilda bo‘lim xodimlari quyidagi onlayn kurslarni tamomladilar:
– Introduction to Risk Management;
– Operational Risk Management: Frameworks & Strategies;
– Risk Management Professional (PMI-RMP®) Certification Course.
• Ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, Xavflarni boshqarish tizimi (XBT) va Ichki nazorat tizimini (INT) joriy etish bo‘yicha reja-grafik asosida ishlar olib borilmoqda (2025-yil 29-iyuldagi 1314-sonli buyruq).
• Loyiha bo‘yicha muvofiqlashtirish maqsadida KPMG bilan muntazam onlayn sessiyalar o‘tkazilmoqda.
• Ichki xavf madaniyatini rivojlantirish uchun seminarlar, keýslar va testlar orqali o‘quv dasturini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
HISOBOT VA OSHKORALIK
Hozirgi natijalar
• KPMG tomonidan diagnostik audit o‘tkazildi;
• Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi;
• Xavflarni boshqarish bo‘limi tuzildi va jixozlandi;
• Asosiy hujjatlar tayyorlandi;
• Risk-reestr va risk-appetit shakllantirilmoqda;
• Xavflarni boshqarish qo‘mitasi faoliyat yuritmoqda.
📞 Bog‘lanish uchun
Xavflarni boshqarish bo‘limi
«Navoiyazot» AJ
E-mail: standart@navoiyazot.uz
Bo‘lim boshlig‘i — Sayidova Shaxlo Toshtemirovna