Asosiy > Nazorat organlari

Nazorat organlari

Auditorlik tashkiloti

        Jamiyatning moliyaviy-xo'jalik faoliyati auditi shartnoma asosida auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

        Auditorlik tekshiruvni o'tkazish uchun auditorlik tashkiloti tanlov asosida O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan ro’yhatdan tanlanadi va aksiyadorlarning umumiy yillik yig'ilishida tasdiqlanadi.

2024-yil yakuni bo‘yicha auditni o'tkazish uchun Navoiyazot” AJning Kuzatuv kengashi yig'ilishida " Buxgalteriya Servise Audit" MChJ auditorlik tashkiloti saylangan.

Ichki audit xizmati

        "Navoiyazot" AJ ichki nazorat tizimi barcha aksiyadorlarning, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashga qaratilgan.

        "Navoiyazot" AJning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari ishlarining monitoringi va baholanishi ularning qonun hujjatlari, "Navoiyazot" Ustavi va boshqa hujjatlarga muvofiqligini tekshirish va monitoring qilish, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarida ma'lumotlarning aks ettirishning to'liqligi va ishonchliligini, xo'jalik faoliyatini yuritishning belgilangan qoidalari va tartiblarini ta'minlash, aktivlarni saqlash, shuningdek "Navoiyazot" AJni boshqarish uchun qonuniy talablarga rioya qilish orqali amalga oshiriladi.

        Ichki audit xizmati o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi qonunlari, davlat hokimiyati organlarining nizomlari, "Navoiyazot" AJ Ustavi, Nizom va aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan qabul qilingan hamda "Navoiyazot" AJning boshqa hujjatlari, shuningdek ichki nazorat xizmati faoliyatiga tegishli hujjatlarga amal qiladi.

“Navoiyazot” AJ ichki audit xizmati tarkibi

T/r

F.I.O.

Egallagan mansabi

1

O.A. O‘roqov

xizmati rahbari

2

vakant

 

3

vakant

 

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish