Asosiy > Investitsion faoliyat

Investitsion faoliyat

«Navoiyazot» AJ da ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini kamaytirish hisobiga mamlakat va jahon bozorlarida korxona mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va texnik qayta yangilashga yo‘naltirilgan investitsion loyihalar faol amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi PP-2264 sonli «O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilgi investitsion loyihalar to‘g‘risida»gi, 2014 yil 16 dekabrdagi 2272 sonli «Navoiyazot» AJ bazasida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish komplekslarini qurish investitsion loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari va 2015 yil 4 martdagi UP-4707 sonli «2015-2019 yillarda stukturali yangilash, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi to‘g‘risida» gi farmoniga muvofiq «Navoiyazot» AJ da quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda:

  • «Navoiyazot» AJ da ammiak va karbamid ishlab chiqarishlarini qurish;
  • «Navoiyazot» AJ bazasida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish komplekslarini qurish;
  • «Navoiyazot» AJ da azot kislotasi ishlab chiqarishini tashkil etish;
  • «Navoiyazot» AJ da energiya ta’minoti ob’ektlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnologik jarayonlarning avtomatik boshqaruv tizimlarini joriy etgan holda o‘lchash vositalarini zamonaviylariga almashtirish.

Korxonaning investitsion siyosati

Loyihaning nomlanishi

Loyihaning nomlanishi

Amalga oshirish muddati

Kutilayotgan natija

Navoiyazot» AJ da ammiak va karbamid ishlab chiqarishlarini qurish

2019-2020 yillar

Ammiak ishlab chiqarishning kutiladigan quvvati – 660 ming tonna yiliga, Karbamid – 577,5 ming tonna yiliga
«Navoiyazot»AJ bazasida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarishlarini qurish

2019 yil

PVХ ishlab chiqarishning kutiladigan quvvati – 100 ming tonna yiliga, kaustik soda – 71,8 ming tonna yiliga, metanol – 295,4 ming tonna yiliga
«Navoiyazot» AJda azot kislota ishlab chiqarishni tashkil etish

2019 yil

Azot kislotasi ishlab chiqarishning kutiladigan quvvati – 500 ming tonna yiliga

«Navoiyazot» AJ da ammiak va karbamid ishlab chiqarishlarini qurish

Loyiha maqsadi: Loyihaning asosiy maqsadi «Navoiyazot» AJ da zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etgan holda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi komleks bunyod etish hisoblanadi.

Loyihani amalga oshirish:

  • «Navoiyazot» AJ da 1965-1967 yillarda foydalanishga topshirilgan, ma’naviy eskirgan va fizik ishdan chiqqan ammiak ishlab chiqarishi I-IInavbatini qatordan chiqarish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun barqaror ammiak ishlab chiqarishni ta’minlash;
  • amaldagi ishlab chiqarishlarga nisbatan energiya sarfi hajmini kamaytirish;
  • azotli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni ta’minlash;
  • tarmoqlarning eksport potensialini oshirish;
  • ishlab chiqarishda atrof – muhitga zararli chiqindilar chiqish darajasini kamaytirish;
  • 473 ta qo‘shimcha ish joyi yaratish;
  • Navoiy viloyati regioni taraqqiy etishiga turtki berish.

«Navoiyazot» AJ bazasida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish komplekslarini qurish

Loyiha maqsadi: Loyihaning maqsadi xususiy polivinilxlorid (PVX) ishlab chiqarishni tashkil etish, quyidagilarni ta’minlagan holda kaustik soda va metanol ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish:

  • Valyuta mablag‘larini tejash maqsadida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni lokalizatsiya qilish;
  • Ishlab chiqariladigan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish va mavjud xom-ashyo resurslarini qayta ishlashni ta’minlash;
  • Regionning mehnatga layoqatli aholisi bandligini ta’minlash uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish;
  • Yangi kompleksning qurilishi O‘zbekiston Respublikasida xom-ashyo bazasini yaratish yo‘li bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy ettirishga imkon beradi.

«Navoiyazot»da azot kislotasi ishlab chiqarishini tashkil etish

Loyiha maqsadi: Loyihaning asosiy maqsadi «Navoiyazot» AJ da ma’naviy eskirgan va fizik ishdan chiqqan kuchsiz azot kislota ishlab chiqarishi I-II navbatlarini foydalanishdan chiqarish orqali yiliga 500 ming tonna quvvatga ega,yangi, yuqori samarali azot kislotasi ishlab chiqarishini qurish yo‘li bilan kompleksni azot kislotali o‘g‘itlar bilan barqaror ta’minlash hisoblanadi.

Loyiha amalga oshirilishi bilan azot kislotasi va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatini oshirish uchun ishonchli xom-ashyo bazasi yaratiladi.

«Navoiyazot» AJ da azot kislotasi ishlab chiqarishini qurish kompleks yangilanish va o‘z navbatida respublika qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi azotli o‘g‘itlar olishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlar qatorini kengaytirishga turtki beradi.

«Navoiyazot» AJ da energiya ta’minoti ob’ektlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnologik jarayonlarning avtomatik boshqaruv tizimlarini joriy etgan holda o‘lchash vositalarini zamonaviylariga almashtirish

Loyihaning maqsad va vazifasi: energiya ta’minoti ob’ektlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnologik jarayonlarning avtomatik boshqaruv tizimlarini joriy etgan holda o‘lchash vositalarini zamonaviylariga almashtirish.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi PQ-2982-sonli "O'zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari.

Ammoniy rodanid va polisulfid natriy asosida tiomochevina ishlab chiqarishni tashkil etish

Loyiha qiymati - 50,0 million dollar.

Amalga oshirish muddati 2019-2021 yillar

"Navoiyazot" OAJ da quruq siyan tuzlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

Loyiha qiymati 30,0 million dollar

Amalga oshirish muddati 2019-2021 yillar

Ushbu loyihalar bo'yicha “China CAMC Engineering Co.” va “HQC Shanghai” (Xitoy) bilan o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi, loyihaning tarmoq jadvali ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

"Navoiyazot" AJ metanol negizida keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.04.2019 yildagi PQ-4265-sonli "Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga binoan BCG (AQSh) tomonidan ishlab chiqilgan “Navoiyazot” AJ metanol negizida keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihaning taxminiy qiymati 435 million dollarni tashkil etadi, shundan kamida 65,3 million dollar o'z mablag'lari, 65,3 million dollar - to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, 304,4 million dollar - moliyaviy institutlarning kreditlari.

Amal qilish muddati - 2024-2026 yillar.

Navoiy viloyatida ferrosilitsiy ishlab chiqarishni tashkil etish

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.04.2019 yildagi PQ-4265-sonli "Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq "Navoiy viloyatida ferrosilitsiy ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihaning taxminiy qiymati - 10,0 million AQSh dollari.

“TOPINE CO. LTD” so'roviga binoan loyihaning biznes-rejasini ishlab chiqish uchun dastlabki ma'lumotlar taqdim etildi.

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish