Asosiy > Elektron hukumat tizimi

Elektron hukumat tizimi

Elektron hukumat o'zi nima

Elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.

Elektron hukumatning asosiy vazifalari

Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta'minlash, ularning mas'uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub'ektlari bilan axborot almashishni ta'minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish;

- ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlar yaratish;

 - o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma'lumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona reestrini shakllantirish;

- aholi va tadbirkorlik sub'ektlari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o‘zaro hamkorligi va ularning ma'lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida «bir darcha» prinsipini joriy etish;

- tadbirkorlik sub'ektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, lisenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jarayonlarida, shuningdek davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o‘tkazish;

- tadbirkorlik sub'ektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish;

- naqd bo‘lmagan elektron to‘lovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish.

Elektron hukumatning asosiy prinsiplari

Elektron hukumatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

- davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;

- elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi;

- «bir darcha» prinsipi bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish;

- davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish;

- elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish;

- elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish;

- axborot xavfsizligini ta'minlash.

 Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi.

Ariza beruvchilarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi axborot ommabop va ochiqdir hamda u elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.

Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari ariza beruvchi so‘rovining ko‘rib chiqilishi holati va xizmatlar ko‘rsatilishi natijalari to‘g‘risidagi axborotni tegishli xabarlarni elektron shaklda yuborish yo‘li bilan uning talabiga ko‘ra taqdim etadi.

Elektron hukumat to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish