Asosiy > Boshqaruv organlari

Boshqaruv organlari

YUQORI BOSHQARUV ORGANI

         Navoiyazot AJning yuqori boshqaruv organi jamiyatning yagona aksiyadori sifatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.

         O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, yagona aksiyadori bo‘lgan jamiyatda Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi vakolatlari ushbu aksiyador tomonidan yakka tartibda amalga oshiriladi. Umumiy yig‘ilish vakolat doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi va yozma ravishda rasmiylashtiriladi.

KUZATUV KENGASHI

         Kuzatuv kengashi «Navoiyazot» AJ korporativ boshqaruv tizimida muhim o‘rin tutadi hamda Jamiyat investorlari va aksiyadorlari manfaatlari yo‘lida uning faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

         «Navoiyazot» AJ Kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil mutaxassislar kiradi. Ularning «Navoiyazot» AJ boshqaruvidagi ishtiroki muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha Kengashning xolis fikrini shakllantirishga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida investorlar va aksiyadorlarning Jamiyatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, strategik, o‘rta muddatli va yillik rejalashtirish hamda faoliyat yakunlarini sarhisob qilish Kuzatuv kengashining eng muhim vazifasi hisoblanadi.

         Jamiyatning 2025-yil 5-martdagi yagona aksiyador qarori bilan saylangan Kuzatuv kengashi tarkibi:

 

Kuzatuv kengashi raisi:

Temirov Odil Shukurovich

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi

Kuzatuv kengashi a’zolari:

Yusupov Ural Sadullaevich

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari

Safarov
Shoxrux Abdugafforovich

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament boshlig‘i

Radjabov Baxtiyorjon Muxammadjanovich

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat aktivlarini xususiylashtirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Wahid Tawfik

Mustaqil a’zo

Alditas Saulius

Mustaqil a’zo

 

 

KUZATUV KENGASHI HUZURIDAGI QO‘MITALAR

         "Navoiyazot" AJ Kuzatuv kengashi huzuridagi qo‘mitalar 2022-yil 12-aprelda tashkil etilgan. Quyida qo‘mitalar tarkibi, ularning maqsad va vazifalari keltirilgan.

         STRATEGIYA VA INVESTITSIYALAR QO‘MITASI

         Qo‘mita raisi:

         - Wahid Tawfik

         Qo‘mita a’zolari:

         - Radjabov Baxtiyorjon Muxammadjanovich
         -
Alditas Saulius

         Qo‘mitaning maqsad va vazifalari

         Kuzatuv Kengashiga tegishli masalalar bo'yicha tavsiyalar tayyorlash:

  • Jamiyat faoliyatining strategik maqsadlarini aniqlash, Jamiyat strategiyasining bajarilishini nazorat qilish, Kuzatuv kengashiga tavsiyalar berish;
  • Jamiyatning mavjud rivojlanish strategiyasiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash;
  • Jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish;
  • Jamiyatning dividend siyosati bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
  • Jamiyatning investitsiya faoliyatini nazorat qilish, istiqbolli investitsiya loyihalari samaradorligini va ularning Jamiyat aksiyadorlik qiymatini oshirishda ta’sirini baholash.

         AUDIT QO‘MITASI

         Qo‘mita raisi:

         - Alditas Saulius

         Qo‘mita a’zolari:

         - Wahid Tawfik

     - Safarov Shoxrux Abdugafforovich

         Qo‘mitaning maqsad va vazifalari

         Kuzatuv Kengashiga tegishli masalalar bo'yicha tavsiyalar tayyorlash: 

  • Jamiyatda moliyaviy hisobotni tuzishning to‘g‘riligi ustidan nazorat o‘rnatish;
  • mustaqil auditorlik tashkilotining tanlanishi, auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishi jarayonlarini kuzatish;
  • nazoratga oid, moliyaviy va boshqa hisobotlarning taqdim etilishini, to‘liqligini, ishonchliligini nazorat qilish;
  • ichki va tashqi auditorlik tekshiruvlari natijalarini olish hamda o‘rganish;
  • Jamiyatda ichki audit xizmatini tashkil etish, uning rahbari va xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalasini ko‘rib chiqish, bu haqda Kuzatuv kengashiga takliflar kiritish;
  • Jamiyat faoliyatining shaffofligi va ma’lumotlarning oshkor qilinishi yetarli darajada va aniq ekanligini ko‘rib chiqish;

         TAYINLOVLAR VA HAQ TO‘LASH QO‘MITASI

         Qo‘mita raisi:

         - Radjabov Baxtiyorjon Muxammadjanovich

         Qo‘mita a’zolari:

         - Temirov Odil Shukurovich

         - Safarov Shoxrux Abdugafforovich

         Qo‘mitaning maqsad va vazifalari

         Kuzatuv Kengashiga tegishli masalalar bo'yicha tavsiyalar tayyorlash: 

  • Jamiyatning kadrlar siyosati va tashkiliy rivojlanishi bo‘yicha qarorlari, shuningdek ichki hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
  • Jamiyatning ijroiya organi rahbari va a’zolarini saylash, ularning vakolatlarini muddatidan oldin bekor qilish, shu jumladan, ular bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish masalalarini ko‘rib chiqish;
  • Jamiyatning Kuzatuv kengashi a’zolari, ijroiya organi rahbari va a’zolari hamda boshqa mansabdor shaxslarini mukofotlash siyosatini ishlab chiqish, zarurat bo‘lganda, uni qayta ko‘rib chiqish va unga o‘zgartirishlar kiritish;
  • Jamiyatning ijroiya organi rahbari va a’zolarini, Kuzatuv kengashi a’zolarini hamda boshqa mansabdor shaxslarini mukofotlash bo‘yicha takliflar (tavsiyalar)ni shakllantirish;
  • Jamiyatning ijroiya organi rahbari va a’zolarini hamda boshqa mansabdor shaxslarining faoliyatini tahlil qilish va baholash

         KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA ETIKA QO‘MITASI

         - Yusupov Ural Sadullaevich

         Qo‘mita a’zolari:

     - Mustaqil a’zo

     - Temirov Odil Shukurovich

 

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish