Asosiy > "Navoiyazot" AJda Sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish qoidalari

"Navoiyazot" AJda Sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish qoidalari

Amal qilish sohasi
Siyosat Jamiyatning barcha xodimlariga va Jamiyat axborot tizimlaridan foydalanuvchi kontragentlarga tatbiq etiladi. U lokal joylashtirilgan Sun'iy Intellekt (keyingi o‘rinlarda SI) tizimlariga, bulutli SI xizmatlariga hamda uchinchi tomon dasturiy mahsulotlari tarkibidagi SI funksiyalariga nisbatan qo‘llaniladi.

Asosiy tamoyillar
Siyosat qonuniylik, inson hayoti, sog‘lig‘i va atrof-muhit xavfsizligining ustuvorligi, inson nazorati, adolatlilik va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, ochiqlik va shaffoflik, ma’lumotlar himoyasi, ishonchlilik va xavfsizlik, mas’uliyat hamda ekologik mas’uliyat tamoyillariga asoslanadi.

Inson nazorati
SI natijasi loyiha hisoblanadi va mas’ul xodim tomonidan tekshiriladi. Xodimlarga taalluqli, shuningdek texnologik jarayonlar va xavfsizlikka oid qarorlarni inson qabul qiladi. SI tizimlari qaytarib bo‘lmaydigan harakatlarni inson tasdig‘isiz amalga oshirmaydi.

Ma’lumotlar himoyasi va xavfsizlik
Shaxsga doir ma’lumotlar va boshqa maxfiy axborot SI tizimlarining butun hayotiy sikli davomida himoya qilinadi. Maxfiy axborotni bulutli SI xizmatlariga yuklash taqiqlanadi. SI tizimlari Jamiyat Axborot xavfsizligi siyosati talablariga muvofiq himoya qilinadi.

Shaffoflik va adolatlilik
Foydalanuvchilar SI bilan o‘zaro munosabatda ekanligidan xabardor qilinadi. Tashqi auditoriya uchun SI yordamida yaratilgan materiallar belgilanadi. Shaxslarga taalluqli natija beruvchi SI tizimlari xolislikka tekshiriladi.

Taqiqlangan qo‘llanish
Jamiyatda insonni manipulyatsiya qiluvchi, uning zaifliklaridan foydalanuvchi, ijtimoiy reyting yurituvchi va qonunda nazarda tutilmagan biometrik kuzatuvni amalga oshiruvchi SI tizimlaridan foydalanilmaydi.

E’tiroz bildirish
SI natijasidan foydalanib qabul qilingan qaror ta’sir ko‘rsatgan xodim yoki uchinchi shaxs yozma e’tiroz bildirishi mumkin. Bunday qaror vakolatli xodim tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.

"Navoiyazot" AJda Sun'iy intellektdan ma'suliyatli foydalanish siyosati.

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish