- Biz haqimizda
- Korporativ boshqaruv
- Mahsulotlar katalogi
- Hamkorlar
-
Matbuot markazi
-
Yangiliklar
-
Gender tengligi
-
Bizning Faxrimiz
-
Rasm galereyasi
-
Videogalereya
-
“Navoiy kimyogari” gazetasi
-
Izohlar
-
Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
-
Davlat ramzlari
-
Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
-
Davlat dasturlari
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
-
Yangiliklar
- ESG
-
Barqarorlik
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Mirzayevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasi
-
Ichki me'yoriy hujjatlar
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjatlar
-
Aloqa kanallari
-
Hisobotlar
-
Monopoliyaga qarshi komplaens xizmati
-
Targ'ibot tadbirlari
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- Aloqa
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
Asosiy > “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
Hurmatli hamkasblar va hamkorlar!
Korrupsiya muammosi so‘nggi yillarda jahon miqiyosida transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzu hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida ham korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida, shu jumladan sanoat obyektlarida korrupsion omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Ushbu yo‘nalishda 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli va 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmonlari hamda 2021- yil 6-iyuldagi PQ-5177-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 06-iyun 2024-yildagi O‘RQ-931-sonli Qonuni va bir qator boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinishi mazkur sohaning huquqiy asoslarini yaratishga hissa qo‘shdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida “Navoiyazot” AJda Komplayens-nazorat boshqarmasi tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi – tizimdagi korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tizimini ishlab chiqish, shuningdek Jamiyatning barcha xodimlari o‘rtasida tushuntirish-profilaktik ishlarini olib borish, korrupsiya xavfi mavjud bo‘lgan hollarda uni bartaraf qilishdan iborat.
Shu bilan birga, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ichki me’yoriy hujjatlar va tartib-qoidalar, jumladan “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-ahloq kodeksi”, “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati” kabi 30 ga yaqin normalar qabul qilindi.
Korxonada manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, kadrlarni tanlashda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish va mazkur sohadagi bilimlarni uzluksiz oshirish maqsadida ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari bosqichma-bosqich amaliyotga tadbiq etilmoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, Jamiyat o‘z amaliyotida korrupsiyaning hech qanday shakl va ko‘rinishlarda qabul qilmaydi, korxonada korrupsiyaga nisbatan murosasizlikning shakllanishiga hissa qo‘shadi. Har doim o‘zining barcha majburiyatlarini sadoqat bilan bajaradi, qonunchilikka qat’iy amal qiladi, teng raqobat tamoyillariga va halollik, ochiqlik hamda korporativ madaniyatni qurishga alohida e’tibor beradi.
Shu o‘rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart. Bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi zarur” degan chaqirig‘i bizning hayotiy shiorimizga aylanishi lozim.
Shunday ekan, korxonaning har bir rahbari va xodimlari korrupsion holatlarni oldini olish va unga chek qo‘yish uchun mas’ul ekanliklarini anglab yetishlari zarur.
Jamiyat o‘z navbatida, korrupsiyaga qarshi talablar va axloqiy me’yorlarni hisobga olgan holda har doim o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini vijdonan bajaradi va qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini kafolatlaydi.
Fursatdan foydalanib, hamkasblarimiz va hamkorlarimizni ish yuritish standartlariga hamda korrupsiyaga qarshi tamoyillarga rioya qilishga, ehtimoliy qonunbuzarliklar haqida xabar berishga va shubha tug‘ilgan taqdirda, bizga o‘z murojaatlarini yuborishga yana bir bor chorlab qolamiz.
Hurmat bilan,
F.X.Samadov,
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
- “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Mirzayevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
- “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati