Asosiy > Xayriya

Xayriya

Ijtimoiy mas'ul kompaniya hisoblangan «NAVOIYAZOT» AJ ta'lim,sog‘likni saqlash, madaniyat, sportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xayrli faoliyat olib bormoqda. Asosiy e'tibor Navoiy viloyati hududida ijtimoiy va xayrli loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan.

Muhim vazifalardan biri jamiyat oldidagi ijtimoiy javobgarlik ekanligini e'tiborga olgan holda ijtimoiy majburiyatlar asosan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ravishda bo‘lishi  va har bir xodimlarga bo‘lgan e'tibor davlat va jamiyatga bo‘lgan e'tibor deb hisoblanishi kerak.

«NAVOIYAZOT» AJ hududda ijobiy muhit yaratishga sodiqligini namoyish etgan holda davlat hokimiyati hududiy organlari bilan o‘zaro hamkorlikda aholi, xususan jamiyatning yordamga muhtoj qatlamini qo‘llab- quvvatlashga yo‘naltirilgan hayriya aksiyalarini amalga oshirib kelmoqda.

2019 yilda amalga oshirilgan ijtimoiy hayriya loyihalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish

Korxonada mehnat qilayotgan ayollar, ikkinchi jahon urushi veterani bo‘lgan ayollarning umumiy soni 3 770 nafarni tashkil etadi. Ular 8 Mart Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan «Navoiy Beauty Cosmetics» O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan bayramona parfyumeriya to‘plamlari bilan taqdirlandi. Navoiy viloyati Navbahor tumani (Yangi yo‘l mahallasi) da istiqomat qiluvchi Eshniyozov Mirzamurot Berdimurodovich va Navbahor tumani (Uch tut mahallasi)da yashovchi Murodov Rabbim Nurmonovichga «Navoiyazot» AJ sanatoriy-profilaktoriysiga yo‘llanmalar ajratildi.

Korxona xodimi Yo‘ldoshev G‘.I ga o‘g‘li Islomov Odilbekning O‘zbekiston Respublikasi sog‘likni saqlash Vazirligi Gematalogiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutida davolanishi uchun moddiy yordam ko‘rsatildi.

Keksalar hayotini va yashash tarzini yaxshilash, ularni, ayniqsa 1941-1945 yillar urush va mehnat fronti veteranlarini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash mashstabini kengaytirish, fashizm ustidan g‘alaba qilishda va Vatanimizni tiklashda munosib hissa qo‘shgan keksalarni, ishlab chiqarishda halok bo‘lgan ishchilar oilalarini manzilli ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish maqsadida ikkinchi jahon urushi veteranlari va mehnat fronti qatnashchilari N.X. Popova hamda Ye.G Kol'nishevskiyga 9 may – Xotira va qadrlash kuni, shuningdek 1941-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74 yilligini munosabati bilan moddiy yordam to‘landi va oziq-ovqat mahsulotlari ajratildi . Korxona ishchilaridan 24 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Korxonada mehnat qilayotgan I.N Jumaevga farzandi X Nurnazarovaning davolanishi uchun moddiy yodam ko‘rsatildi.

2. Ta'lim va maorif muassasalari

Navoiy Davlat Konchilik Institutiga 1026 nusxada «Kimyoviy elementlar» darsligi berildi.

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 10 umumiy o‘rta ta'lim maktabiga 10 ta komp'yuter jamlanmasi berildi.. Navoiy Davlat Konchilik institutiga kimyoviy toza navli etilasetat va n-butanol ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba ishlarini o‘tkazish uchun xomashyo va kimyoviy reagentlar berildi.

Navoiy Davlat Konchilik instituti talabalari va Navoiy texnika-iqtisodiyot kolleji o‘quvchilari uchun tanishtirish, ishlab chiqarish, malaka va diplomoldi amaliyotlarini o‘tish tashkil etildi.

3. Bolalar uylari va internatlar

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 25-sonli maxsus maktab internatga yordam ko‘rsatildi. Maktab internatda 280 nafar ko‘rish va eshitish qobiliyati cheklangan bolalarga ta'lim beriladi.

«Shirin» madaniyat saroyi badiiy havaskorlari bilan konsert dasturi va shirinliklar stoli tashkil etildi.

Mehnat ta'limi darslarida foydalanish uchun 80 ta maxsus kiyimlar to‘plami berildi.

2020 yangi yil bayramini nishonlashga 226 ta yangi yil sovg‘alari berilgan.

4. Jismoniy tarbiya va sport muassasalari

Navoiy viloyati dzyudo federatsiyasiga federatsiya sportchilarini 2020 yil Tokio (Yaponiya)da o‘tkaziladigan Olimpiya va XVI Paraolimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorlashni tashkil etish uchun pul ko‘chirish yo‘li bilan moddiy yordam ko‘rsatildi.

Bolalar jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish, bolalar sportiga maqsadga yo‘naltirilgan va mustahkam taraqqiyot baxsh etish maqsadida har yili Navoiy viloyati dzyudo Federatsiyasini moliyalashtirish:

  • federatsiya sportchilariga kimono sotib olish uchun pul mablag‘lari ko‘chirilgan;
  • federatsiyaning 10 nafar a'zolarini 2019 yil 14-17 may kunlari Termez shahrida o‘tkazilgan «O‘zbekiston kubogi»ga borishi va ishtirok etishini tashkil etish uchun pul ko‘chirilgan;
  • 15 nafar federatsiya a'zolarining 2019 27-30 may kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan «O‘zbekiston Chempionati»ga borishi va ishtirok etishini tashkillashtirish uchun pul ko‘chirilgan;
  • 2 nafar federatsiya a'zosining Termez shahridagi o‘quv mashg‘ulot yig‘iniga va 2019 yil 23 maydan 10 iyungacha Samarqand shahrida o‘tkazilgan Respublika chempionatiga borishi va ishtirok etishini tashkil etishga pul ko‘chirilgan;
  • 3 nafar federatsiya a'zosining 2019 yil 21-23 iyun kunlari Shimkent shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirga borishi va ishtirok etishi uchun pul ko‘chirilgan;
  • 6 nafar federatsiya a'zolarining 2019 yil 1-7 oktyabr' kunlari Kurment (Issiqko‘l)da o‘tkazilgan Osiyo kubogiga borishi va ishtirok etishi uchun pul ko‘chirilgan;
  • 10 nafar federatsiya a'zolarining 2019 yil 2-5 dekabr' kunlari bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston Chemptonatiga borishi va ishtirok etishini tashkil qilish uchun pul ko‘chirilgan.

5. Ijrochilik hokimiyati hududiy organlari

Hududda mavjud bo‘lgan tabiiy, ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish asosida raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, zamonaviy servis xizmati ko‘rsatish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash yo‘li bilan Navoiy viloyatidagi Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shaxri aholisining kelajakdagi yashash sharoiti va sifatini yaxshilash uchun xususiy ishlab chiqarishdan 200 ta issiq kurtka Navoiy viloyati Hokimiyatiga tekin ajratildi.

Tabiat uyg‘onishi, insoniyat va atrof-muhit uyg‘unligi, chinakam milliy xususiyatga ega bo‘lgan, xalqimizning eng sevimli bayrami Navro‘zning Sharq taqvimi bo‘yicha yangi yil boshlanishi timsolini aks ettiruvchi muhim rolini hisobga olib, jamiyatimizda saxovat va o‘zaro tushunish, insonparvarlik, muruvvat va yaratuvchanlik, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashni mustahkamlash, ushbu bayramni yuqori bosqichda o‘tkazishni ta'minlash maqsadida:

  • 2019 yil 18-21 mart kunlari sexlar va ishlab chiqarishlar yemakxona va milliy oshxonalari kunduzgi va smena ishchilari uchun Navoiy shahar parkida xayriya oshi tashkillashtirildi;
  • mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga shirinlik mahsulotlari sovg‘a qilindi;
  • ota-onalari ishlab chiqarishda halok bo‘lgan bolalarga kiyimlar to‘plami sovg‘a qilindi;
  • ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti ishtirokchilari, yolg‘iz nafaqaxo‘rlarga, ishlab chiqarishda halok bo‘lganlar oilalariga va ishlab chiqarish nogironlariga oziq-ovqat mahsulotlari sovg‘a qilindi.

Aholi turmush sharoitini yaxshilash uchun har bir tumandagi mahalla (qishloqlarda) hayot tarzi ijobiy o‘zgarishlar bilan sezilarli darajada ta'minlanishini, mahalla (qishloqlar) qiyofasini zamonaviylashtirish va qishloqlarda yashovchilarga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishda xayriya ishlari o‘tkazishda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani «Jo‘sh ota» SSG da yordam ko‘rsatildi.

Navoiy viloyati Navbahor tumani hududidagi «Qora qarg‘a» dovoni yodgorlik toshi o‘rnatish qurilishiga moddiy yordam uyushtirildi.

6. Ijrochi mahalliy hokimiyat organlari

Milliy o‘zlikni anglashni mustahkamlash, Vatanimizning qadim va boy tarixini chuqur o‘rganish, gumanitar sohada olimlar faoliyatini bor imkoniyatlardan foydalanib qo‘llab-quvvatlash, buyuk olimlarimiz, shoir va yozuvchilarimiz, mutafakkir va ilohiyot mutaxassislarining bebaho merosini yosh avlodga yetkazish, farzandlarimizda vatanparvarlik va milliy g‘ururni mustahkamlash yo‘lida Navoiy viloyati Karmana tumaniga «Karmana tarixi» kitobini nashr qilish uchun homiylik yordami ko‘rsatildi.

Navoiy shahar obodonchiligiga o‘z hissasini qo‘shish uchun «Navoiyazot» AJ Navoiy shahri dam olish parkida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i o‘rnatilgan flagshtok qurilishida ishtirok etdi.

Konimex tumani Boymurot va Yangig‘azg‘on ovullari aholisiga bilim olishlari uchun qozoq tilida 700 nashr qilingan adabiyotlar yetkazildi.

7. Umumiy fondlar

Jizzax viloyati, Forish tumani, Bogdom shaharchasi kam ta'minlangan oilalar uylariga xayriya yordami o‘tkazishda «Regionlar ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirish bo‘yicha» jamiyat birlashmasiga yordam ko‘rsatildi.

Yurak kasalligidan aziyat chekayotgan bolalarni davolash uchun «Mexribon yurak» xayriya aksiyasi hisob raqamiga mablag‘ yuborish yo‘li bilan ehson qilindi.

«NAVOIYAZOT» AJ jamoatchilik bilan suhbat olib borishda o‘z ochiqligini namoyon qilib, aholi bilan, o‘z-o‘zini boshqarish organlari va tumanlar ma'muriyati, shuningdek, uzatish mexanizmi va har qanday murojaatni ko‘rib chiqish bilan doimiy uchrashuvlarni tashkillashtirish loyihalari bo‘yicha tomonlarni qiziqtirgan masalalarda o‘zaro ta'sirni ta'minlaydi.

Navoiy hududida yashovchi mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari vakillari va aholi uchun mehnat muhofazasi, ekologiya, ishga joylashtirish siyosatida ishchi kuchini jalb qilish tadbirlari, ijtimoiy siyosat va xayriya ishlari masalalari bo‘yicha tanishtiruv uchrashuvlari umumiy jarayonlari doirasida jamoat eshituvlari o‘tkaziladi, faoliyat olib boriladigan hududda istiqomat qiluvchi aholi bilan doimiy ish olib boriladi.

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish