- Biz haqimizda
- Korporativ boshqaruv
- Mahsulotlar katalogi
- Hamkorlar
-
Matbuot markazi
-
Yangiliklar
-
Gender tengligi
-
Bizning Faxrimiz
-
Rasm galereyasi
-
Videogalereya
-
“Navoiy kimyogari” gazetasi
-
Izohlar
-
Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
-
Davlat ramzlari
-
Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
-
Davlat dasturlari
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
-
Yangiliklar
- ESG
-
Barqarorlik
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Mirzayevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasi
-
Ichki me'yoriy hujjatlar
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjatlar
-
Aloqa kanallari
-
Hisobotlar
-
Monopoliyaga qarshi komplaens xizmati
-
Targ'ibot tadbirlari
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- Aloqa
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
Asosiy > O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
F A R M O N I
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalq manfaatlari yoʻlida izchil davom ettirish maqsadida 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilingan holda tayyorlandi.
Muhokamalar jarayonida xalqimiz, fuqarolik jamiyati institutlari faollik koʻrsatib, mingdan ortiq tele- va radiokanallar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirlarda ular bilan bevosita muloqotlar tashkil etildi, fuqarolarimiz bildirgan taklif-tavsiyalar tegishli soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida chuqur tahlil qilindi.
Xususan, jamoatchilik muhokamasi doirasida uch mingdan ortiq takliflar kelib tushdi, ular asosida Davlat dasturi loyihasiga yuzga yaqin konseptual va tahririy oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Shuningdek, koʻpchilik takliflar muhokama uchun eʼlon qilingan Davlat dasturi loyihasidagi chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirishni nazarda tutadi.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, parlament palatalari qoʻshma majlisi va tashkiliy yigʻilishlarida belgilangan vazifalarni samarali va oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida:
1. 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda – Davlat dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida:
- 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatida fuqarolarning Internet tarmogʻidagi murojaatlari asosida parlament va deputat soʻrovlarini shakllantirish, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida elektron portal va mobil ilovadan foydalanish imkonini beruvchi “Elektron parlament” tizimi joriy etilsin;
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida yil yakuniga koʻra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholanganini va uning samaradorlik darajasini monitoring qilish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish amaliyoti shakllantirilsin;
- 2020-yilda Samarqand viloyati xalq deputatlari Kengashining faoliyatini “namunali Kengash” sifatida yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy tashkiliy chora-tadbirlar koʻrilsin hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatida Kengash soʻrovi instituti joriy qilinsin;
- 2020-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyati boʻyicha, shuningdek, Hukumat aʼzolari va tarmoqlar rahbarlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish, ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotlarini muntazam ravishda eshitish tartibi amaliyotga tatbiq qilinsin;
- 2020-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish, shuningdek, aholini tashvishga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida oʻrganilgan masalalar boʻyicha bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Senat kengashi va qoʻmitalarining sayyor majlislarini oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyilsin;
- 2020-yil 1-iyulga qadar “Mening fikrim” veb-portalining mobil ilovasini ishga tushirish choralari koʻrilsin, shuningdek, veb-portalga kelib tushayotgan murojaatlarni deputatlar, mutaxassislar va keng jamoatchilikni jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalarida muhokama qilish tashkil etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu yoʻnalishda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini, shu jumladan, parlamentning qonun ijodkorligi va nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarni ishlab chiqish boʻyicha “yoʻl xarita”si, Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi hamda Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan strategiyasi qabul qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
3. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yana-da isloh qilish sohasida:
- 2020-yil 1-maydan boshlab sud hukmlari, qarorlari, ajrimlari yoki hal qiluv qarorlari qonuniy kuchga kirgan ishlarni prokuror tomonidan tomonlarning (prokurordan tashqari) murojaati mavjud boʻlgandagina suddan talab qilib olish tartibi amaliyotga joriy etilsin;
- 2020-yil 1-apreldan boshlab 1995-yilgacha Oʻzbekistonga kelgan va shundan buyon fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi asosida doimiy istiqomat qilayotgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish istagini bildirgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy etilsin;
- 2020-yil 1-noyabrga qadar odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari isloh qilinib, nazorat tartibida ish yuritish instituti bekor qilinsin;
- 2020-yil 1-iyunga qadar tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat turlari dekriminalizatsiya qilinsin, shuningdek, bojxona sohasidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatini birinchi marta sodir etgan, tovar uchun toʻlovni ixtiyoriy ravishda toʻlagan va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi joriy etilsin;
- 2020-yil 1-dekabrdan boshlab maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati jinoyat ishlari boʻyicha sudlar vakolatiga oʻtkazilsin;
- 2020-yil 1-dekabrdan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan jarimani sud va vakolatli idoralarda ish koʻrilgunga qadar ixtiyoriy toʻlashni ragʻbatlantirish tizimi joriy etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu yoʻnalishda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini, shu jumladan, tizimlashtirilgan “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri, shuningdek, sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqilishini taʼminlash topshirilsin.
4. Keng jamoatchilik istaklarini va xalqaro ekspert jamoatchiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi va Inson huquqlari boʻyicha milliy markazining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
2020-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkni olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega boʻlish talab qilinmasligini koʻzda tutuvchi tartibni joriy etish;
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda koʻchmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini bekor qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) 2020-yil 1-aprelga qadar qonun hujjatlariga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin, unda, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutsin:
- doimiy propiskaga qoʻyishda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi qoidalariga rioya etish boʻyicha talablarni;
- propiskaga qoʻyish bilan bogʻliq jarayonlar va ularni “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshirish mexanizmlari raqamlashtirilishini taʼminlashni;
- hududlarda oliy taʼlimning talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarida oʻqitishni tashkil etish, shu jumladan, Toshkent shahrida joylashgan yetakchi oliy taʼlim muassasalarining filiallarini ochishni;
b) Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda respublika aholisi uchun Toshkent shahri bilan bir qatorda qoʻshimcha ravishda “oʻziga tortuvchi markazlar”ni yaratish maqsadida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatga ega eng yirik shaharlarni belgilashni nazarda tutsin.
Farmonning to'liq matnini yuklab olish uchun havola
Matbuot markazi
- Yangiliklar
- Gender tengligi
- Bizning Faxrimiz
- Rasm galereyasi
- Videogalereya
- “Navoiy kimyogari” gazetasi
- Izohlar
- Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
- Davlat ramzlari
- Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
- Davlat dasturlari
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori