- Biz haqimizda
- Korporativ boshqaruv
- Mahsulotlar katalogi
- Hamkorlar
-
Matbuot markazi
-
Yangiliklar
-
Gender tengligi
-
Bizning Faxrimiz
-
Rasm galereyasi
-
Videogalereya
-
“Navoiy kimyogari” gazetasi
-
Izohlar
-
Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
-
Davlat ramzlari
-
Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
-
Davlat dasturlari
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
-
Yangiliklar
- ESG
-
Barqarorlik
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Mirzayevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasi
-
Ichki me'yoriy hujjatlar
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjatlar
-
Aloqa kanallari
-
Hisobotlar
-
Monopoliyaga qarshi komplaens xizmati
-
Targ'ibot tadbirlari
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- Aloqa
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
Asosiy > Uyg`unlashgan boshqaruv tizimlari
Uyg`unlashgan boshqaruv tizimlari
“NAVOIYAZOT” АJ DA
UYG‘UNLASHGAN BOSHQARUV TIZIMLARI
UYG‘UNLASHGAN BOSHQARUV TIZIMLARI SOHASIDAGI STRATEGIK MAQSADLAR:
- Manfaatdor tomonlarning talab va istaklarini qondiradigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish;
- Sifat, ekologiya, energiyani tejash, sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi sohasida qonunchilik, me'yoriy, huquqiy talablar va xalqaro standartlar talablariga rioya qilish;
- Ishda jarohatlanish va sog‘lig‘ining yomonlashuvini oldini olish uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini ta’minlash;
- Ishlab chiqarish faoliyatining atrof muhitga zararli ta’sirini oldini olish yoki kamaytirish;
- Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimlari sohasidagi bo`lishi mumkin bo`lgan havflarni kamaytirish;
- Ishlab chiqarish uchun energiya sarfini kamaytirish va resurslardan oqilona foydalanish orqali ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish.
“NAVOIYAZOT”AJ rahbariyati o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
- Korxona faoliyatini muntazam tahlil qilish asosida menejment tizimining samaradorligini doimiy ravishda yaxshilash va oshirish;
- Korxonaning faoliyati uchun zarur resurslar va hujjatlashtirilgan axborotlarning mavjudligini ta’minlash;
- Mahsulotlar, uyg‘unlashgan boshqaruv tizimlari va korxona faoliyatini qonunchilikda belgilangan talablariga muvofiqligini ta’minlash;
- Jamoa shartnomasiga rioya qilish;
- Uskuna va jihozlarni harid qilishda hamda texnologik jarayonlarni loyihalashda energiyasamaradorlikni, atrof-muxitga ta`sirni, xavfsizlikni va sifatni hisobga olish.
Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimlari shakllanish tarixi
- 2007 yildan «Sifat menedjmenti tizimi» ISO 9001 tadbiq qilingan va amalda;
- 2014 yildan «Ekologiya menedjmenti tizimi » ISO 14001 tadbiq qilingan va amalda;
- 2014 yildan «Sog‘liqni saqlash va havfsiz mexnat sharoitini taminlash» menedjmenti tizimi OHSAS 18001:2011 tadbiq qilingan va amalda;
- 2017 yildan «Energiya menedjmenti tizimi» ISO 50001:2011 tadbiq qilingan va amalda;
- 2017 yilda ISO 9001:2015 halqaro standartining yangi versiyasiga o`tildi;
- 2017 yilda ISO 14001:2015 halqaro standartining yangi versiyasiga o`tildi;
- 2017 yilda ISO 9001, ISO 14001, OHSAS 18001 va ISO 50001 halqaro menedjment tizimlari standartlari asosida uyg‘unlashgan boshqaruv tizimlariga milliy va halqaro sertifikatlar ООО «Management Certification» kompaniyasi yordamida qo‘lga kiritildi
- 2018 yilda 1-kuzatuv auditi muvaffaqiyatli o`tkazildi
- 2019 yilda 2-kuzatuv auditi hamda sertifikatlash hududining kengaytirish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi
- 2019 yilda halqaro boshqaruv tizimining Energiya menedjmenti tizimi» ISO 50001:2018 va ISO 45001:2018 «Sog‘liqni saqlash va havfsiz mexnat sharoitini taminlash» menedjmenti tizimi standartlarning yangi versiyasiga o`tish ishlari rejalashtirildi
- 2020-yilda polivinilxlorid, kaustik soda va metanol, ammiak va karbamid hamda nitrat kislota komplekslari buyicha uyg‘unlashgan boshqaruv tizimini sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish ishlari rejalashtirilgan
- 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi va O‘zbekiston Respublikasida amaldagi karantin tadbirlari tufayli re-sertifikatlash auditi o‘tkazilmadi. Sertifikatlashtirish organiga 15.06.2020 yilda 03/4215-sonli xalqaro standartlar talablariga mos re-sertifikatlashtirish auditi keying surilishi yuzasidan roziligini olish niyati xat yuborilib. sertifikatlashtirish organidan (18.06.2020 yil 111/20-sonli xat) javob xati olindi. Sertifikatlar qayta nashr etildi va tegishli amal qilish muddatlari 6 oyga uzaytirildi ya`ni 2020 yilning dekabrigacha.
- 2020 yilda uyg‘unlashgan boshqaruv tizimlarini sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish, yaratish, joriy etish va tayyorlash loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ISO 9001:2015, ISO 14001:2015, ISO 50001:2018 va ISO 45001:2018 xalqaro standartlari talablariga muvofiq eksportga yo‘naltirilgan polivinilxlorid, kaustik soda, metanol, ammiak, karbamid va nitrat kislota mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida "Global Management Consult" kompaniyasi orqali konsalting xizmatlari o‘tkazildi.
- 2021-yil yanvar oyida uyg‘unlashgan boshqaruv tizimi sohasida: “ Sifat menedjmenti tizimi”
- ISO 9001:2015, “Ekologiya menedjmenti tizimi” ISO 14001:2015,” Sog‘liqni saqlash va havfsiz mehnat sharoitini ta’minlash ” ISO 45001:2018 va «Energiya menedjmenti tizimi» ISO 50001:2018 xalqaro standartlari talablariga muvofiq re-sertifikatlashtirish auditi o‘tkazildi. Shuningdek muvofiq sertifikatlar olindi.
- 2022-yil 2-kuzatuv auditi ‘Management Certification’ kompaniyasi xodimlari tomonidan o‘tkazildi va muvaffaqiyatli yakunlandi.
- 2023-yilda “DQS Qualiti System’ xalqaro sertifikatlashtirish kompaniyasi tomonidan 1- va 2- bosqich sertifikatlashtirish auditi o‘tkazildi. Natijada korxonaning barcha tuzilmalari xalqaro standart talablariga muvofiqligi aniqlandi va xalqaro hamda milliy sertifikatlar qayta yangilandi.
Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimining xalqaro va milliy standartlari haqida ma’lumot
Хalqaro standartlar nomi |
Milliy sertifikatlar raqami (O`zDSt) |
Xalqaro sertifikatlar raqami (MS ISO) |
Sertifikatlarning amal qilish muddati |
Sifаt menejment tizimi |
O‘zDSt ISO 9001:2015 UZ.SMT.04.0012.17972 2023-12-19- dan 2026-12-18 -gacha
|
ISO 9001:2015 IQNET-DQS DE-31102836 QM15 |
2023-12-19- dan 2026-12-18 -gacha |
Эkologik menejment tizimi |
O‘zDSt ISO 14001:2019 UZ.SMT.04.0012.17973 2023-12-19- dan 2026-12-18 -gacha |
ISO 14001:2015 IQNET-DQS № DE-31102836 UM15 |
2023-12-19- dan 2026-12-18 -gacha |
Sog‘liqni sаqlаsh vа xаvfsiz mehnаtni tа’minlаsh menejment tizimi |
O‘zDStISO 45001:2020 UZ.SMT.04.0012.17974 2023-12-19- dan 2026-12-18 -gacha |
ISO 45001:2018 IQNET-DQS № DE-31102836 OHS18 |
2023-12-19- dan 2026-12-18 -gacha |
Energetika menejment tizimi |
O‘zDStISO 50001:2019 UZ.SMT.04.0012.17975 2023-12-19- dan 2026-12-18 -gacha |
ISO 50001:2018 IQNET-DQS № DE-31102836 EMSt 21 |
2024-01-02- dan 2027-01-02-gacha |
Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimlari sertifikatlash sohasi
Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimlari sertifikati qo`llanish sohasi korxona yukori raxbariyati tomonidan tasdiqlangan va quyidagi ishlab chiqarish soxalariga berilgan:
- Ammiakli selitra
- Azotli-fosforli o`g‘iti
- Sintetik texnik xlorid kislotasi
- Suyuq xlor
- Xlorli ammoniy
- Sianli natriyning suvli eritmasi
- Suyuq ammiak
- Akrilli emulsiya
- PAA-GS flokulyanti
- Metanol
- Kalsiyli ammiakli selitra
- Аmmiakli kalsiy-magniyli selitra
- Ammoniy sulfat – akrilat chiqarishni qo`shimcha mahsuloti
- Nitril akril kislotasi
- Texnikaviy sirka aldegidi
- Konsentrlanmagan nitrat kislotasi
- Sintetik sirka kislotasi
- «Uniflok» preparati
- Texnikaviy formalin
- Suspensiyali polivinilxlorid
- Texnikaviy o‘yuvchi natr
- Karbamid
Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimlari sohasidagi ko`rsatkichlar
- Muvofiq sertifikatga ega korxona mutahassislari yordamida davriy ravishda yiliga o`rtacha 1500 korhona ishchilari o`qitilib kelinmoqda
- Xalqaro standartlar talablarini uyg‘unlashgan boshqaruv tizimlari sohasidagi yiliga o`rtacha 58 tuzilma bo`limlari qamrab olingan holda ichki audit o`tkazilib kelinmoqda
- Davriy ravishda istemolchilarni qoniqish darajasini bilish va yanada yaxshilash buyicha chora tadbirlar tuzish maqsadida baholash ishlari olib borilmoqda
- Mahsulotlarimiz Qozog‘iston, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Latyiya,Turkmaniston, Turkiya, Avg‘oniston, Belarusiya v.b. davlatlarga eksport qilinmoqda
- Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimlari ishlashining natijaviyligi yiliga o`rtacha 96 %
- Yillik rejalashtiriladigan uyg‘unlashgan boshqaruv tizimlari sohasidagi maqsadldrimiz 95 % ni tashkil qiladi.
Murojaat uchun:
Korxonasining uygunlashgan boshqaruv tizimlari bo‘limi boshlig‘i: Beshimova F.E.
Elektron pochta manzili: management_quality@navoiyazot.uz
Uyg`unlashgan boshqaruv tizimlari sohasidagi "Navoiyazot" AJ siyosati
Sertifikatlar:
ISO 9001:2015 standartiga muvufiqlik sertifikati
ISO 14001:2015 standartiga muvufiqlik sertifikati
ISO 45001:2018 standartiga muvufiqlik sertifikati
ISO 50001:2018 standartiga muvufiqlik sertifikati
O'zDST ISO 9001:2015 standartiga muvufiqlik sertifikati
O'zDST ISO 14001:2019 standartiga muvufiqlik sertifikati
O'zDST ISO 45001:2020 standartiga muvufiqlik sertifikati
O'zDST ISO 50001:2019 standartiga muvufiqlik sertifikati