Asosiy > Mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi

Mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi

«Navoiyazot» AJ uchun xodimlarning hayoti va sogʻligʻi ishlab chiqarish natijalaridan ustun turadi. Jamiyat «nol travmatizm» tamoyiliga va ISO 45001:2018 talablariga amal qiladi.

Maqsadlar :

•         Oʻlim bilan yakunlangan baxtsiz hodisalar: 0 ta.

•         Majburiy xavfsizlik oʻqitishlari va tibbiy koʻrik qamrovi: 100 %.

•         Yuqori xavfli ish joylarini xavflarni baholash bilan qamrash: 100 %.

•         Rejalashtirilgan ichki tekshiruv va auditlar ijrosi: 100 %.

Asosiy yoʻnalishlar :

•         Mehnat muhofazasi. Xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi, majburiy tibbiy koʻrikdan va kamida uch oyda bir marta yoʻriqnomadan oʻtadi.

•         Texnika xavfsizligi. Ish joylaridagi xavflar muntazam baholanadi. Yuqori xavfli ishlar faqat naryad-ruxsatnoma asosida bajariladi.

•         Sanoat xavfsizligi. Barcha texnologik sexlarda avariyalarni bartaraf etish rejalari amal qiladi va ular boʻyicha oʻquv mashqlari oʻtkaziladi.

•         Hodisalarni tekshirish. Har bir hodisani komissiya uch kun ichida tekshiradi va tub sabablarini tahlil qiladi.

Hujjatlar :

•         Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi siyosati (MM va XTB-S-01)

•         Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi boʻyicha dastur (MMvaXTB-D-1)

•         Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi Nizomi (MM va XTB-N-1)

•         “Navoiyazot” AJda ishchi-xodimlarga mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash, yo‘l-yo‘riqlarni oʻtkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (MM va XTB-UZN-5)

•         “Navoiyazot” AJda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi to‘g‘risidagi Nizom (MM va XTB-UZN-1)

 

 

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish