Bugungi kunda «Navoiyazot» AJ O‘zbekiston Respublikasidagi yetakchi sanoat korxonalari qatoriga kiradi.
Kompaniyaning strategik maqsadi innovatsion texnologiyalarni joriy etish,faoliyat turlarini diversifikatsiya qilish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yangi quvvat yaratish hisobiga kapitallashtirish va daromad keltirishni o‘stirish hisoblanadi. Yuqori standartdagi ekologik va sanoat xavfsizligi, ijtimoiy masalalarning muvaffaqiyatli yechimi korxonaga doimiy o‘sish orqali muqarrar taraqqiyot va atrof-muhitga mas’uliyat bilan yondashish orqali jamiyatga foyda keltirish, hayotimizni yanada yaxshilashga yordam berishni amalga oshirish singari o‘z vazifalarini bajarish imkonini beradi.
«Navoiyazot» AJ taraqqiyot strategiyasi umumdavlat investitsiya siyosati o‘zanida ishlab chiqilgan.
«Navoiyazot» AJ da uzoq muddatga mo‘ljallangan,texnologiyalarni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash hamda tannarxini kamaytirish hisobiga mamlakat va jahon bozorlarida korxona mahsulotlari raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida, mavjud ishlab chiqarishlarni texnik qayta yangilashga yo‘naltirilgan investitsion loyihalar faol amalga oshirilmoqda.