Ishga qabul qilish shartlari
«Navoiyazot»AJ ga ishga qabul qilish mehnat shartnomasi tuzish asosida amalga oshiriladi.
Ishga qabul qilinganda (Uzb.R. MK 80 modda ) ishchi quyidagi hujjatlarni taqdim etishga majbur:
- pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat, 16 yoshgacha bo‘lganlarga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va yashash joyidan ma’lumotnoma shuningdek ota-onasidan biri yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi (O‘z.R MK 77 modda);
- chet elliklar pasportdan tashqari O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun berilgan guvohnoma. Fuqoroligi bo‘lmagan shaxslar — fuqaroligi yo‘qligi to‘g‘risidagi guvohnoma va O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun berilgan guvohnoma;
- birinchi marta ishga qabul qilingan shaxslar mehnat daftarchasi; qo‘shimcha vazifa bo‘yicha ishga qiruvchilar mehnat daftarchasi bilan birga asosiy ish joyidan ma’lumotnoma;
- harbiy bilet yoki harbiy majburiyatlar uchun biror idora hisobida turganlikni ifodalovchi guvohnoma;
- oliy yoki o‘rta mahsus o‘quv yurtini tugatganlik to‘g‘risida diplom va qonunga muvofiq faqat maxsus ma’lumot yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslarga ruxsat etilishi mumkin bo‘lgan ishga kirganda mazkur ishni bajarish huquqini beruvchi guvohnoma yoki ishga kirganligi to‘g‘risidagi boshqa tegishli hujjat.
- Ishga qabul qilinganda ishga kiruvchidan qonunda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish ta’qiqlanadi.
Quyidagi hollarda ishga qabul qilishga ruxsat etilmaydi:
- yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarsiz;
- 15 yoshga to‘lmagan shaxslar;
- tibbiy ko‘rikdan o‘tish qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa,tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslar, shuningdek tibbiy xulosaga ko‘ra sog‘ligining holati bo‘yicha mazkur ishni bajarishi ta’qiqlangan shaxslar;
- sud hukmi bo‘yicha ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar,belgilangan lavozim va belgilangan ish faoliyatlarida ishlashi ta’qiqlangan shaxslar;
- o‘zaro yaqin qarindoshlar (ota-onalar, aka-singil,o‘g‘li, singlisi, qizi, shuningdek erning ota-onasi, aka singlisi va bolalari), agar ularning ishi bevosita buysunish yoki ulardan birining boshqasi ustidan nazorati bilan bog‘liq bo‘lsa;
- qonunda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Quyida 2025-yil 1-may holatida aktual bo`lgan bo`sh ish o`rinlari taqdim etiladi: