- Biz haqimizda
- Korporativ boshqaruv
- Mahsulotlar katalogi
- Hamkorlar
-
Matbuot markazi
-
Yangiliklar
-
Gender tengligi
-
Bizning Faxrimiz
-
Rasm galereyasi
-
Videogalereya
-
“Navoiy kimyogari” gazetasi
-
Izohlar
-
Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
-
Davlat ramzlari
-
Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
-
Davlat dasturlari
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
-
Yangiliklar
- ESG
-
Barqarorlik
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Muhammadali Vafoyevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasi
-
Ichki me'yoriy hujjatlar
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjatlar
-
Aloqa kanallari
-
Hisobotlar
-
Monopoliyaga qarshi komplaens xizmati
-
Targ'ibot tadbirlari
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- Aloqa
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
Asosiy > Xavflarni boshqarish tizimi
Xavflarni boshqarish tizimi

XAVFLARNI BOSHQARISH TIZIMI
(COSO ERM va ISO 31000:2018 asosida)
Umumiy ma’lumot
«Navoiyazot» AJda korporativ boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda strategik va operatsion qarorlar sifatini oshirish maqsadida COSO ERM konsepsiyasi va ISO 31000:2018 xalqaro standarti asosida Xavflarni boshqarish tizimi (XBT) joriy etilgan.
Mazkur tizim Jamiyatning yagona aksiyadori kutilmalari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “UzAssets” AJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2025 yil “Yo‘l xaritasi” doirasida bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
XBTni joriy etish bosqichlari
1-bosqich. Tayyorlov va institutsional asos (2024–2025 yillar)
• Xavflarni boshqarish bo‘limi tashkil etildi va mustaqil tuzilmaviy bo‘linma sifatida faoliyat boshladi;
• Xodimlar ISO 31000:2018 standarti bo‘yicha o‘qitildi;
• “UzAssets” AJ tomonidan tavsiya etilgan metodik hujjatlar o‘rganildi;
• COSO ERM va ISO 31000 asosida XBTni joriy etish bo‘yicha texnik topshiriq ishlab chiqildi.
2-bosqich. Diagnostika va metodologiya (2025 yil)
• “KPMG Audit” MChJ bilan 3 bosqichli konsalting shartnomasi imzolandi;
• Diagnostik audit o‘tkazildi;
• XBT va Ichki nazorat tizimi bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi;
• Xavflarni boshqarish siyosati, metodikalar, risk-appetit va risk-tolerantlik darajasi hujjatlari tayyorlandi;
• Korporativ boshqaruv hujjatlariga (Kuzatuv kengashi, qo‘mitalar nizomlari) tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
3-bosqich. Amaliy joriy etish va mustaqil ishlash (2025 yil yakuni)
• Boshqaruv organlari va xodimlar uchun amaliy treninglar o‘tkazildi;
• Risk-reestr, risk-xaritasi, KPI (asosiy xavf ko‘rsatkichlari) tizimi shakllantirildi;
• XBT va INT bo‘yicha barcha ichki me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi;
• Jamiyatning TOP-21 asosiy xavflar reestri ishlab chiqildi.
Xavflarni boshqarish tizimining siyosati va maqsadi
Xavflarni boshqarish siyosati:
Siyosat Jamiyatning strategik maqsadlariga erishish, moliyaviy barqarorlikni saqlash, aktivlar himoyasini ta’minlash hamda qaror qabul qilish jarayonlariga xavflarni hisobga olishni integratsiya qilishga qaratilgan.
Siyosatning maqsadi:
Jamiyat faoliyatiga ta’sir etuvchi strategik, operatsion, moliyaviy, ekologik va boshqa xavflarni o‘z vaqtida aniqlash, baholash, monitoring qilish va boshqarish orqali tashkilot qiymatini saqlash va oshirishdan iborat.
Asosiy vazifalari:
• xavflarni boshqarish bo‘yicha yagona yondashuv va talablarni belgilash;
• xavflarni boshqarish jarayonlarini korporativ boshqaruv tizimiga integratsiya qilish;
• Strategik, operatsion, moliyaviy, komplaens, IT va ekologik xavflarni tizimli boshqarish;
• Risk-appetit doirasida qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash;
• Barcha boshqaruv darajalarda javobgarlikni aniq belgilash;
• Xavflar bo‘yicha shaffof monitoring va hisobot yuritish.
"NAVOIYAZOT" AJ XAVFLARNI BOSHQARISH SIYOSATI
"NAVOIYAZOT" AJning XAVFLARNI ANIQLASH VA BAHOLASH METODIKASI
COSO ERMga muvofiqlik
XBT COSO ERMning 5 asosiy komponentiga to‘liq moslashtirilgan:
• Governance & Culture — Kuzatuv kengashi va Xavflarni boshqarish qo‘mitasi;
• Strategy & Objective-Setting — risk-appetit va aksiyador kutilmalari;
• Performance — xavflarni aniqlash, baholash, KRI va risk-reestr;
• Review & Revision — doimiy monitoring va qayta ko‘rib chiqish;
• Information & Reporting — choraklik va yillik risk hisobotlari.
XBT ishtirokchilari va javobgarlik
Jamiyatda “Uch bo‘g‘in” modeli asosida xavflarni boshqarish amalga oshiriladi:
• 1-bo‘g‘in — biznes va operatsion bo‘linmalar;
• 2-bo‘g‘in — Xavflarni boshqarish bo‘limi va komplaens;
• 3-bo‘g‘in — Ichki audit.
Xavflarni boshqarish bo‘limi bevosita Boshqaruv raisiga bo‘ysunadi va tizimning muvofiqlashtiruvchi markazi hisoblanadi.

Xavflarni boshqarish qo‘mitasi
«Navoiyazot» AJda Ijro etuvchi organ huzurida Xavflarni boshqarish qo‘mitasi tashkil etilgan bo‘lib, u Jamiyatda Xavflarni boshqarish tizimi va Ichki nazorat tizimining samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Qo‘mita faoliyatining huquqiy asosi
Xavflarni boshqarish qo‘mitasi Jamiyat Ustavi, Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizom, Xavflarni boshqarish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom, shuningdek COSO ERM konsepsiyasi, ISO 31000:2018 xalqaro standarti va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq faoliyat yuritadi.
Xavflarni boshqarish bo‘yicha qo‘mita tarkibi (13.07.2025 yildagi 1104-sonli buyruq asosida)
|
Lavozimi |
Qo‘mitadagi roli |
|
«Navoiyazot» AJ Boshqaruv raisi |
Qo‘mita raisi |
|
Boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish masalalari, sanoat va axborot texnologiyalari sohasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari |
Qo‘mita raisi o‘rinbosari |
|
Xavflarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i |
Qo‘mita kotibi |
|
Boshqaruv raisining marketing, sotish va xarid qilish bo‘yicha o‘rinbosari |
Qo‘mita a’zosi |
|
Boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari |
Qo‘mita a’zosi |
|
Boshqaruv raisining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari |
Qo‘mita a’zosi |
|
Ichki audit xizmati rahbari |
Qo‘mita a’zosi (ichki nazorat) |
|
Bosh buxgalter |
Qo‘mita a’zosi (moliyaviy xavflar) |
|
Komplaens-nazorat boshqarmasi boshlig‘i |
Qo‘mita a’zosi (korrupsiyaviy xavflar) |
|
Yuridik boshqarma boshlig‘i |
Qo‘mita a’zosi (huquqiy xavflar) |
|
Korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i |
Qo‘mita a’zosi (korporativ xavflar) |
Zarur hollarda Qo‘mita ishlariga tegishli bo‘linmalar rahbarlari hamda tashqi maslahatchilar jalb etilishi mumkin.
RISKLARNI BOSHQARISH BO`YICHA QO`MITA TO`G`RISIDAGI NIZOM
Qo‘mita bayonnomalari:
|
t/r |
Bayonnoma sanasi va raqami |
Bayonnomaga havola |
|
1 |
24.12.2025 yildagi 1-sonli bayonnoma |
|
|
2 |
08.02.2025 yildagi 2-sonli bayonnoma |
Xavf-appetit va KRI
Jamiyatda konsolidatsiyalashgan xavf-appetit darajasi prognoz qilingan sof foydaning 10% miqdorida belgilangan.
Asosiy xavflar bo‘yicha risk-tolerantlik va asosiy xavf ko‘rsatkichlari (KRI) orqali doimiy monitoring olib boriladi.
"NAVOIYAZOT" AJning XAVF-APPETITI VA XAVF-TOLERANTLIK DARAJASINI ANIQLASH METODIKASI
Monitoring va oshkoralik
• Xavflar choraklik va yillik asosda monitoring qilinadi;
• Og‘ishlar yuzaga kelganda tuzatish choralari belgilanadi;
• Kuzatuv kengashi va Xavflarni boshqarish qo‘mitasiga muntazam hisobotlar taqdim etiladi.
Hozirgi holat
• COSO ERM va ISO 31000 asosidagi XBT to‘liq joriy etildi;
• 3 bosqichli loyiha yakunlandi;
• Tizim 2026 yildan mustaqil operatsion rejimda faoliyat yuritmoqda;
• Korporativ boshqaruv va risk-madaniyat sezilarli darajada mustahkamlandi.