Asosiy > “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Jalilov Dilshodjon Dilmurodovichning davlat xaridlari yuzasidan murojaati.

“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Jalilov Dilshodjon Dilmurodovichning davlat xaridlari yuzasidan murojaati.

Yangi O‘zbekistonni barpo etish, 3-renessans poydevorini yaratishda iqtisodiyotning ham muhim o‘rni mavjud. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, davlat xaridlarida raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, ushbu sohada mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishtirokini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2025-yil 26-dekabrda “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi.

Farmonga ko‘ra, 2030-yilgacha davlat xaridlari sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

Davlat xaridlarida raqobat usullaridan foydalanish darajasini 80 foizga yetkazish, iqtisod qilingan mablag‘ miqdorini 25 trln. so‘mga yetkazish, tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi faolligini ikki karra oshirish, davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan xaridlarda mahalliy mahsulotlar ulushini kamida 85 foizga yetkazish, davlat buyurtmachilarining xaridlar uchun mas’ul bo‘lgan malakasi oshirilgan xodimlari ulushi 98 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash.

Davlat buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda davlat xaridlarining qulay, zamonaviy va servisga yo‘naltirilgan ekotizimini yaratish va unga sun’iy intellekt texnologiyalarini keng tatbiq etish davlat xaridlari sohasida Iqtisodiyot va moliya vazirligining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

Yangi O‘zbekistonda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish muhitini shakllantirish talab etiladi.

«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida ham davlat xaridlari tizimida korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rish, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha samarali tizimni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha xarid komissiyasi tashkil etilgan. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida, 1S dasturi va xaridlarga oid maxsus portallar mavjud bo‘lib, barcha jarayonlar yuzasidan mas’ul rahbar va xodimlar tomonidan bir xil nazorat olib borish uchun imkoniyatlar yaratib berilgan. Davlat xaridlarida raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek ushbu sohada mahalliy ishlab chiqaruvchilarnining ishtirokini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, barcha xaridlar yuzasidan 2025-yil 26-dekabr kuni 259-sonli Farmon asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga elektron axborotlar avvaldan berib borilishi ta’minlangan. Birinchi navbatda ular bilan shartnomalar imzolash choralari belgilab olingan.

Ushbu yo‘nalishda xodimlar malakasini oshirish maqsadida, 2026-yil mart oyida “Uzkimyosanoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens xodimi, Davlat xaridlari inspektori O‘.Yuldashev ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi va tegishli normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan mas’ul rahbar va xodimlarga kerakli tushunchalar berib o‘tildi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu yo‘nalishdagi ishlar tizimi “Navoiyazot” AJ rahbariyati tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, rejali ravishda ishlar tashkil etilmoqda. Shunga qaramasdan, jamiyatimizning barcha rahbar va ishchi-xodimlarini ushbu tizimni yanada rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yangi texnologik jarayonlarni tatbiq qilish ishlarida o‘z takliflari, loyiha va fikrlarini ifoda etgan holda faol ishtirok etishga chaqiraman!

 

Dilshodjon Jalilov
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining moliya,

transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha o‘rinbosari 

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish