Asosiy > “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati

“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati

Hurmatli hamkasblar!

Bugungi kunda jamiyatni tashvishga solayotgan eng global muammolardan biri korrupsiyadir. Mamlakatimizda ushbu illatga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish yuzasidan izchil va muntazam ishlar olib borilmoqda.

Poraxoʻrlikning oldini olish, fuqarolarda ushbu illatga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilib, bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinishi mazkur sohaning huquqiy asoslarini yaratishga hissa qo‘shdi.

Davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash jarayonidagi asosiy vazifalardan biri ham aynan korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik hamda bunday salbiy illatga qarshi samarali kurash olib borishdan iboratdir. Mazkur yo‘nalishda “Navoiyazot”AJ rahbariyati tomonidan tizimga aloqador sohalarda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Xususan, 036 va 037-sexlar ishchi-xodimlari ishtirokida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bugungi kunda mamlakatimiz transport tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga chek qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi vazifalar hususida tushuntirish ishlari olib borildi. 

Axmatillo Shononov, “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining logistika bo‘yicha o‘rinbosari

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish