Asosiy > Xodimlarni oʻqitish va rivojlantirish

Xodimlarni oʻqitish va rivojlantirish

Xodimlarni oʻqitish va rivojlantirish malakasini oshirish «Navoiyazot» AJ inson kapitali strategiyasining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Jamiyat oʻqitish tizimini ichki nizomlar va o‘quv dasturlari asosida yuritadi. Muhandis-texnik va ishchi xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi O‘quv markazi mas’ul.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun Litsenziyaga ega. O‘quv jarayonlari quyidagi tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida tashkillashtiriladi, Xodimlar ish joyida, kurs, seminar, konferensiya va treninglarda, shuningdek davlat organlari, soha hamkorlari va xorijiy korxonalar dasturlarida bilim oladi. Oʻquv markazi ishlab chiqarish koʻnikmasi boʻlmagan yangi xodimlarni yakka tartibdagi va texnik kurs dasturlari asosida kasbga oʻrgatadi. Jamiyat xodimlarning respublika oliy oʻquv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqishini ham qoʻllab-quvvatlaydi.

Yosh mutaxassislar ustoz-shogird nizomi asosida tajriba orttiradi, dasturni muvaffaqiyatli yakunlash esa kadrlar zaxirasiga yoʻl ochadi. Jamiyat oliy va oʻrta maxsus ta’lim muassasalari talabalarini ishlab chiqarish amaliyotiga qabul qiladi. Raqamlashtirish va avtomatlashtirish sharoitida qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari xodimlarning yangi talablarga moslashishiga xizmat qiladi.

 

Hujjatlar

1.       “Ustoz-shogird” tizimi toʻgʻrisida Nizom (KTX-UZN-7)

2.       “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining lavozimlarga nomzodlarni tanlash va tavsiya etish tizimini takomillashtirish, shuningdek kadrlar amaliy zaxirasini shakllantirish boʻyicha doimiy komissiyasi toʻgʻrisida Nizom

3.       Korxona tarkibiy tuzilma, bo‘lim, ishlab chiqarish va sex muhandis-texnik xodimlari uchun o‘quv seminar dasturi (XBIB(O‘M)-O‘SD-1)

4.       Ta’mirlovchi - chilangarlarning malakasini oshirish uchun nazariy kurs oʻquv dasturi (OʻM-KOʻD-2)

5.       Apparatchi va mashinistlarning malakasini oshirish uchun nazariy kurs oʻquv dasturi (OʻM-KOʻD-3)

6.       Nazorat oʻlchov asboblari va avtomatika boʻyicha chilangarlarining malakasini oshirish uchun nazariy va amaliy kurs oʻquv dasturi (OʻM-KOʻD-4)

7.       Elektromontyorlar va elektrchilangarlarning malakasini oshirish uchun nazariy kurs oʻquv dasturi (OʻM-KOʻD-5)

8.       Kimyoviy-tahlil laborantlari va texnik nazorat bo‘lim nazoratchilarining malakasini oshirish uchun nazariy kurs oʻquv dasturi (OʻM-KOʻD-6)

9.       Liffyor va yuk tashuvchi liftlarni boshqaruvchilarni oʻqitish boʻyicha kurs mashgʻulotlari uchun nazariy oʻquv dasturi (OʻM-KOʻD-9)

10.   “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz foydalanish qoidalari” boʻyicha kurs mashgʻulotlari uchun nazariy oʻquv dasturi (OʻM-KOʻD-10)

11.    Ilgʻovchi-bogʻlovchilar boʻyicha kurs mashgʻulotlari uchun nazariy oʻquv dasturi (OʻM-KOʻD-12)

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish