Asosiy > Targ'ibot tadbirlari

Targ'ibot tadbirlari

         

 

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga  murojaat qilishingizni so‘raymiz: 
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:  Call-markaz – 1253
"Navoiyazot" AJning korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanallari:
 Tel.: (79) 224-41-11, (79) 229-27-02
 e-pochta: azot-corruptio-stop@umail.uz, compliance@navoiyazot.uz
Telegram messenjerdagi aloqa kanali : https://t.me/complience


                              

 

                             

KORRUPSIYAGA QARSH KUCHLARNI  BIRLASHTIRISH YOʻLIDA

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan jamiyatda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, viloyat Adliya boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida oʻtkazilgan muloqot doirasida dastlab yigit-qizlar korxonadagi ishlab chiqarish quvvatlari faoliyati bilan tanishdilar. 

Uchrashuvda korrupsiyaning koʻrinishlari, oqibatlari, poraxoʻrlikka sabab boʻlayotgan omillar, unga qarshi kurashishning dolzarbligi xususida soʻz yuritildi. 

Korxona xodimlari va yoshlarga ushbu illatning oldini olishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, korrupsiyaning jamiyat hamda davlat rivojiga toʻsqinlik qilishiga oid ma’lumotlar berildi.

Muloqot davomida taraqqiyot kushandasi boʻlgan korrupsiyaga qarshi kurashishda ogoh boʻlish, mas’uliyatni unutmaslik va yurt kelajagiga daxldorlik hissi bilan yashash lozimligi ta’kidlandi.

 


  

                           

                  

                             

TIBBIYОT XODIMLARI BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI

 

Jamiyat tibbiy sanitariya qismida faoliyat yuritayotgan shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari ishtirokida korrupsiyaviy xatarlar, ularga qarshi kurashishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi xususida muloqot tashkil etildi.

Suhbat jarayonida sohada uchraydigan korrupsion holatlar, ularga yo‘l qo‘ymaslik, kimyogarlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida poraxo‘rlikning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Muloqotda salbiy illatning oqibatlari, qonunda belgilangan javobgarlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.


                             

                  

                               

KORRUPSIYАGA QARSHI KURASHISHGA QARATILGAN UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

Korxonaning loyihalash konstruktorlik bo‘limi xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi. 

Unda illatning oqibatlari, poraxo‘rlikni keltirib chiqarayotgan sabablar va korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarbligi haqida so‘z yuritildi. 

Muloqotda manfaatlar to‘qnashuvi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarga ham e’tibor qaratildi. Monopoliyaga qarshi tizimda xaridlar va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosini ta’minlash borasida ham batafsil tushuncha berildi.

Shaxsiy manfaatni jamiyat taraqqiyotidan ustun qo‘ymaslik lozimligi ta’kidlandi. Soha vakillari mavzuga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. 


                               

                               

 

KORRUPSIYА – TARAQQIYОTGA TO‘SIQ

Jamiyat monopoliyaga qarshi komplaens xizmati va xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida 55-sexda muloqot tashkil etildi. 

Uchrashuvda taraqqiyotga ziyon yetkazadigan poraxo‘rlikning oqibatlari  haqida so‘z yuritildi. Korxonada korrupsion holatlar yoki manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyat kuzatilganda jamiyat komplaens-nazorat boshqarmasi mutaxassislariga murojaat qilish  lozimligi ta’kidlandi. 

Shuningdek, monopoliyaga qarshi kurash, sog‘lom raqobatning ahamiyati, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun kuchlarni birlashtirish zarurligi qayd etildi. 


                              

                           

 

                 

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH - MUHIM VAZIFA

Korxonaning PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi xodimlari bilan poraxo‘rlikning oldini olishga qaratilgan muloqot o‘tkazildi. 

Uchrashuvda ushbu illatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish emas, korrupsiyaning oldini olish muhimligi ta’kidlandi. Bu jarayonda har bir xodimning mas’uliyati muhimligi aytib o‘tildi.  

Korrupsion holatlarning ishtirokchisiga aylanmaslik, poraxo‘rlik bilan bog‘liq vaziyatda boshqarma mutaxassislarini xabardor etish lozimligi qayd etildi. 

 


XODIMLAR BILAN MULOQOT TASHKIL ETILDI

Korxonaning 910-sexi xodimlari bilan korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. 

Poraxoʻrlikka qarshi kurashishda har bir inson shaxsiy namuna boʻlishi, bu illatga qonunda belgilangan javobgarlik borligi ta’kidlandi. 

Muloqotda mavzuga oid fikr-mulohazalar bildirildi.

 

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish