Asosiy > Yangiliklar > AYОLLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI

AYОLLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI

Bugun korxonaning faollar zalida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyat mutasaddilari, ishlab chiqarish majmualari, sexlardа mehnat qilayotgan, boshqarma, bo‘lim, xizmatlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etishdi. 

Tadbirda “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov jamiyatda sidqidildan faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni muborakbod etdi. Korxona rahbari ayolning samarali mehnati, fidoyiligi, mas’uliyati kimyoviy mahsulot va mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish jarayoni natijadorligida muhim o‘ringa ega ekanligini mamnuniyat bilan e’tirof etdi. 
Kasbiga sodiq, mehnatsevar, erkaklar bilan yelkama-yelka jamiyat istiqboli yo‘lida ish olib borayotgan, oilada ham o‘z o‘rniga ega xotin-qizlar nafaqat bayramda, balki har doim e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi. 

Bayram tadbiri konsert dasturiga ulanib ketdi. O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Navoiy viloyati bo‘limi xonanda, sozanda, xoreografik jamoalarining musiqiy chiqishlari tantana ishtirokchilariga a’lo kayfiyat bag‘ishladi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish