Asosiy > Yangiliklar > BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi korxonada o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarishdagi fidokorona mehnati hamda korxona va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini rag‘batlantirish maqsadida qator bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

Bugundan boshlab 3 kun davomida hududda xizmat ko‘rsatuvchi oshxonalarda bayram oshi tayyorlanmoqda. Har bir xodimga maxsus ajratilgan talon asosida milliy taom, salat, shirinlik va sharbatlardan iborat bayramona tushlik majmuasi taqdim etilyapti. Mazkur tashabbus korxonada mehnat qilayotganlarga e’tibor va ehtirom ko‘rsatish, jamoada ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Zero, korxonaning barqaror faoliyati va erishayotgan natijalari zamirida minglab ishchi-xodimlarning kundalik hissasi, kasbiga sadoqati va mas’uliyati mujassam. Ularning mehnatini qadrlash va rag‘batlantirish “Navoiyazot” AJda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish