Asosiy > Yangiliklar > Bayram tabrigi

Bayram tabrigi

Aziz kimyogar ayollar, korxonamizning xotin-qizlari!

Har yili bahor kelishini barchamiz sabrsizlik bilan kutamiz.  Bu fasl iliq harorat, tabiatning uyg‘onishi, yangilanishi bilan qay darajada yoqimli bo‘lsa, munis onajonlarimiz, qadrli opa-singillarimizning bayrami bilan ham yorqin va unutilmasdir. 

Bugungi kunda jamiyatimizda 3448 nafar xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda. Ularning 252 nafarini rahbar ayollar tashkil etadi. Erkaklar bilan yelkama-yelka mehnat qilib, bor kuch va imkoniyatlarini korxonamiz rivoji uchun safarbar etayotgan xotin-qizlarning mehnati biz uchun juda qadrli.  

Aziz va muhtaram opa-singillar!

Barchangizni “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan samimiy qutlab, sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik, to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, sharafli ishingizda yangidan-yangi zafarlar tilayman. Ayollik baxti, bekalik taxti, onalik martabasi sizlarga hamisha hamroh bo‘lsin!

Bugun har birimiz cheksiz minnatdorlik hissi bilan Yaratganning buyuk mo‘jizasi bo‘lgan ayol zotiga – mehribon onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz, lobar qizlarimiz shaʼniga eng go‘zal so‘zlarni aytishimiz tabiiydir. Biz sizlarni eng avvalo fidoyilik timsoli deb bilamiz. Mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Farrux Samadov
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish