Asosiy > Yangiliklar > Bayram tabrigi

Bayram tabrigi

 

Aziz hamkasblar, korxonamiz xodimlari!

Mustaqillik ozod yurtda erkin yashash imkoni, taraqqiyot, rivojlanish sari dadil qadam ila borish, ertangi kunga ishonch demak. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan joriy yilgi istiqlol shodiyonalari ijobiy oʻzgarishlar, yangi yutuq va natijalar bilan nafaqat xotira, balki qalblarga muhrlanmoqda. Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida “Navoiyazot”AJ negizida sianid tuzlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining ishga tushirilgani navoiyliklar uchun munosib bayram tuhfasi boʻldi. Har bir yangi quvvat mamlakatimiz kimyo sanoati rivojida muhim qadam boʻlibgina qolmay, ish oʻrinlari, aholi farovonligini yanada yaxshilash yoʻlidagi ishlar samarasi hamdir. 

Kimyo sohasida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish uchun bir maqsad yoʻlida mehnat qilayotgan har bir xodimning shijoati yuksak taraqqiy etgan davlat qurish yoʻlidagi intilishda muhim qadamdir. Sizlarning hamjihatlikda, masʼuliyat bilan olib borayotgan faoliyatingiz barqarorlik, innovatsion yangiliklar, yuqori sifatli kimyoviy mahsulot va mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarishga xizmat qilmoqda. 

Istiqlol sharofati bilan yurtimizda roʻy berayotgan ijobiy oʻzgarishlar barchamizni yanada ruhlantiradi. Inson qadriga qaratilgan islohotlar kimyogarlarning hayoti, mehnatida ham oʻz aksini topayotgani quvonarli. 

Korxona xodimlari, ularning oila aʼzolari va yaqinlarini eng ulugʻ, eng aziz bayram bilan samimiy muborakbod etaman. Yurt tinchligi bunyodkorlik, barqaror iqtisodiy rivojlanish, toʻkinlik, hotirjam hayot, islohotlar natijadorligiga xizmat qilaversin. Bu yoʻlda katta va ahil jamoamiz bilan bor kuch va imkoniyatlarimizni ayamaymiz. 

Bayramingiz muborak boʻlsin!

Hurmat bilan, “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov

So`ngi yangiliklar

...

“NAVOIYAZOT” AJNING 2025-YIL UCHUN BARQAROR RIVOJL...

02.07.2026
...

KO‘P YILLIK TAJRIBA VA MAS’ULIYAT SAMARASI

01.07.2026
...

E’lon

01.07.2026
...

MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH SAMARADORLIK K...

26.06.2026
...

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI OʻTKAZILDI

26.06.2026
...

Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

25.06.2026
...

E’lon

25.06.2026
...

“NAVOIYAZOT”AJNING XALQARO KREDIT REYTINGI YАNGILA...

19.06.2026
...

MUHIM MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

18.06.2026
...

XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH — TARAQQIYOT KAFO...

18.06.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish