Asosiy > Yangiliklar > BAYRAM TABRIGI

BAYRAM TABRIGI

 

Qadrli kimyogarlar va jamoamizning fidoyi a’zolari!

Sizlarni kasbimiz faxri va mehnatimiz sharafi bo‘lgan kimyogarlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman!

Kimyogarlik — bu oddiy kasb emas. U — ilm, sabr, mas’uliyat va yaratuvchanlik uyg‘unligidir. Sizlar har kuni mehnatingiz bilan nafaqat ishlab chiqarish jarayoni, balki yurtimiz taraqqiyotini ham yuksaltirishga munosib hissa qo‘shmoqdasiz.

Laboratoriyadagi har bir izlanish, murakkab uskuna ortidagi halol mehnat hamda aniq hisob-kitob ortida sizlarning bilim, matonat, sadoqatingiz mujassam. Jamoamizning kuchi — siz kabi fidoyi insonlarda. Qalbingizdagi ishtiyoq va g‘ayrat hech qachon so‘nmasin, mehnatingiz doimo yuksak natija va e’tiroflarga sabab bo‘lsin, orzu, maqsadlar ijobati har bir kuningizga mazmun bag‘ishlasin!

Sizlarning zahmatli va sharafli mehnatingiz tufayli korxonamiz rivojlanmoqda, yangi yutuqlarga erishib, kelajakka ishonch bilan qadam tashlayotir. Barchangizga kasbiy yuksalish va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Farrux Samadov,
korxona boshqaruvi raisi

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish