Asosiy > Yangiliklar > BIZNES-TASHRIF:HAMKORLIK UCHUN IMKONIYAT

BIZNES-TASHRIF:HAMKORLIK UCHUN IMKONIYAT

Ish jarayoni, mahsulot sifati, texnologiyalar, boshqaruv tizimi, ochiqlik investor va hamkorlar uchun muhim. Biznes-tashrif xorijlik mehmonlarga nafaqat kimyo sanoatidagi yetakchi korxonaning imidji, balki katta jamoaning imkoniyatlarini ham ko‘rsatdi. Bugungi tadbir doirasida bo‘lib o‘tgan muloqot “Navoiyazot” AJ faoliyatiga oid ma’lumotlar taqdimoti, mehmonlarni qiziqtirgan savollarga javob berish, muzokaralar olib uchun qulay muhit yaratdi.

Mazkur uchrashuv mamlakatimizda olib borilayotgan ochiq iqtisodiy siyosat, sanoatni modernizatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi izchil islohotlarning amaliy ifodasidir. Xususan, kimyo sanoatini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Shu nuqtai nazardan, “Navoiyazot” AJ negizida amalga oshirilayotgan loyihalar nafaqat korxonaning, balki butun tarmoqning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda. Korxona tomonidan joriy etilayotgan innovatsion yechimlar, ekologik xavfsizlikka yo‘naltirilgan texnologiyalar hamda ilg‘or boshqaruv yondashuvlari xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlanishni ta’minlamoqda.

Tadbir yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va uzoq muddatli sheriklik aloqalarini mustahkamlash borasida o‘z fikrlarini bildirdilar. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish va hududlar rivojiga qo‘shimcha turtki berishi bilan ahamiyatlidir.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish