Asosiy > Yangiliklar > DAVLAT XARIDLARI YO‘NALISHIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN XODIMLARNING MALAKASI OSHIRILDI

DAVLAT XARIDLARI YO‘NALISHIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN XODIMLARNING MALAKASI OSHIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston moliya iqtisodiy rivojlantirish xalqaro markazi mutaxassislari tomonidan bir haftalik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. 

Jarayonda korxonada davlat xaridlari yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga sohaga oid qonun hujjatlari bilan ishlash tartibi, ular ijrosini ta’minlashga oid tavsiyalar berildi. Mehnat faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, xarid jarayonlarini belgilangan tartibda to‘g‘ri tashkil etish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Mutaxassislar tomonidan amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Shu bilan birga, davlat xaridlari sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va yangilangan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida ham ma’lumot berildi. O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga markazning sertifikati topshiriladi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish