Asosiy > Yangiliklar > DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI


Korxonaning 32-sexida jamiyat boshqaruvi raisi Farrux Samadov va mutasaddilar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida sexdagi texnologik uskunalarni yangilash, ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga oid takliflar o‘rganildi. Shuningdek, jamiyat hududidagi oshxonalar faoliyatiga e’tibor qaratildi. Tibbiy sanitariya qismida qo‘shimcha tashxislash uskunalari va mutaxassislar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv davomida yurtimiz istiqlolining 35 yilligini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash, bayram munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham so‘z yuritildi. Murojaatlar tinglanib, ular bo‘yicha huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shuningdek, mas’ullarga sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalarni hal etish, o‘rganish ishlarini olib borish bo‘yicha vazifalar topshirildi. 

Bunday sayyor qabullar xodimlar bilan ochiq va bevosita muloqotni tashkil etish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimiga tezkorlik bilan yondashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish