Asosiy > Yangiliklar > DOLZARB MAVZULAR MUHOKAMASI XUSHYORLIKNI OSHIRDI

DOLZARB MAVZULAR MUHOKAMASI XUSHYORLIKNI OSHIRDI

Jamiyatga qarashli tibbiy sanitariya qismida din erkinligi, korrupsiyaga qarshi kurash, ota-onaning oila, farzand tarbiyasidagi o‘rni va xodimlarning ishdagi mas’uliyatiga qaratilgan muloqot tashkil etildi. Tadbirda ishtirokchilarga yurtimizda vijdon erkinligini ta’minlashga oid qonunchilik talablari, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashning ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, mehnat faoliyatida belgilangan vazifalarni halollik bilan bajarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirishning ahamiyati ham alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, har bir xodimning mehnat intizomiga rioya qilishi, kasbiy burchini sidqidildan bajarishi hamda jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga hissa qo‘shishi muhim ekani qayd etildi. Uchrashuvda soha vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

So`ngi yangiliklar

...

MALAKALI MUTAXASSISLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM E...

08.09.2026
...

YAYLOV QISHLOG‘IDA ZAMONAVIY MAKTAB FILIALI FOYDAL...

07.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

03.09.2026
...

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

02.09.2026
...

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

27.08.2026
...

IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK

26.08.2026
...

BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

26.08.2026
...

AHIL JAMOADA BAYRAM SHUKUHI

26.08.2026
...

KATTA JAMOADA ISTIQLOL NE’MATLARI SHUKRONASI

26.08.2026
...

OZOD VA OBOD VATAN — ENG ULUG‘ NE’MAT

26.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish