Asosiy > Yangiliklar > EKOLOGIK MUAMMO SABABINI OʻRGANISHGA JIDDIY KIRISHILDI

EKOLOGIK MUAMMO SABABINI OʻRGANISHGA JIDDIY KIRISHILDI

Bugungi kunda Navoiy shahri hududi va atrofida 13 va 19-iyul kunlari kuzatilgan changsimon tutunning “Navoiyazot”AJ faoliyati bilan bogʻliqligi haqidagi asossiz, yolgʻon ayblovlar keng muhokamaga sabab boʻlmoqda.

Ayni daqiqalarda korxona boshqaruvi raisi Farrux Samadov boshchiligida mutasaddilar ishtirokida yigʻilish oʻtkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston ekologik partiyasi viloyat Kengashi raisi Alijon Jalilov ham ishtirok etyapti.

Muloqotda “Navoiyazot”AJ atrofi, Navoiy shahri, Karmana tumani hududida faoliyat yuritayotgan korxonalar, ular tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar, atmosferaga chiqarayotgan tashlamalar miqdorini jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda oʻrganish lozimligi ta’kidlandi. 

Ekologik holatni yaxshilash maqsadida korxona tashabbusi bilan statsionar postlar va gazoanalizatorlar sonini koʻpaytirish orqali hududdagi vaziyatni onlayn monitoring qilish imkoniyatlarini oshirish taklifi bildirildi. 

Hamkor tashkilotlar bilan holatning barcha sabablarini oʻrganish va yechim topishga kelishib olindi. Tahlil va oʻrganishlar natijasi boʻyicha korxonaning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida qoʻshimcha ma’lumot beriladi.

 

20.07.2025 y.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish