Asosiy > Yangiliklar > ENG YАXSHILAR MEHNATI E’TIROF ETILDI

ENG YАXSHILAR MEHNATI E’TIROF ETILDI

Joriy yilda kimyogarlarning kasb bayrami munosabati bilan korxona boshqaruvi raisining taklifiga binoan yil davomida samarali mehnat qilib, yaxshi natijalarga erishgan bir guruh soha vakillari, ishlab chiqarish majmualari, sexlar faoliyati alohida e’tirof etilib, 10 ta nominatsiya bo‘yicha qo‘shimcha rag‘batlantirildi.

PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi boshlig‘i o‘rinbosari Sapar Asatov “Eng faol xodim” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.  

Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish boshqarmasi yetakchi muhandisi Barot Bahromov “Eng faol yosh xodim”, deya e’tirof etildi.

12-sex boshlig‘i Odil To‘xtamishevEng faol sex boshlig‘i” bo‘ldi.

Markazlashgan sotib olish boshqarmasi boshlig‘i Ilyos Isayev “Eng tajribali faxriy xodim” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotlandi.

Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasi jamoasi “Eng yaxshi ishlab chiqarish majmuasi” bo‘ldi.  

32-sex xodimlari “Eng xavfsiz ishlagan jamoa” nomiga munosib topildi.

Texnologiyalar, innovatsiyalar va mahalliylashtirish boshqarmasi “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi.

PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi vakillari “Eng samarali faoliyat yuritgan jamoa” bo‘lishdi.

Bosh energetik bo‘limi “Eng yaxshi tashabbus” nominatsiyasi sovrindori sifatida e'tirof etildi.

68-sex jamoasi “Eng yaxshi raqamli loyiha” muallifi deb topilib, rag‘batlantirildi.

Barcha nominatsiya sohiblariga 10 million so‘m pul mukofoti, maxsus statuetka topshirildi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish