Asosiy > Yangiliklar > ENG YОSH MOHIR MUTAXASSISLAR TANLOVI KUCHLILARNI SARALADI

ENG YОSH MOHIR MUTAXASSISLAR TANLOVI KUCHLILARNI SARALADI

“Eng mohir yosh nazorat o‘lchov asbobi mutaxassisi” tanlovida korxonaning ishlab chiqarish majmualari va sexlarida faoliyat yuritayotgan 15 nafar xodim ishtirok etdi.

Qatnashchilar tanishtirish, savol-javob, amaliy mashg‘ulot shartlari bo‘yicha raqobatga kirishdilar. Dastlab soha vakillarining kasbga bo‘lgan qiziqishiga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi shartda savollar orqali nazariy bilim sinovdan o‘tkazildi. Berilgan amaliy topshiriqlar mutaxassislarning kutilmagan vaziyatlarga qay darajada tayyorligi, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hamkasblari bilan bellasha olish mahoratini aniqlashga xizmat qildi.

Hakamlar hay’ati a’zolari barcha ishtirokchilarning faolligini e’tirof etib, yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni 18-sexdan Bobur Tursunovga berishdi.

46-sex vakili Asilbek Ne’matillayevning kasbiy mahorati uning 2-o‘ringa munosibligini ko‘rsatdi.

Hamkasblaridan yuqori natija qayd etgan 46-sex mutaxassisi Shaxlo Ro‘ziyeva faxrli 1-o‘rin sohibiga aylandi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish