Asosiy > Yangiliklar > EZGU VA XAYRLI TASHABBUS IFODASI

EZGU VA XAYRLI TASHABBUS IFODASI

Navroʻz shodiyonalarida xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovatpeshalik singari ezgu, insoniy fazilatlar namoyon boʻladi. 
Korxona mutaxassislarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida “Navoiyazot” AJ tomonidan 20 nafar xodimning farzandi uchun sunnat toʻyi tashkil etildi. “Tinchlik” tantanalar saroyi bayramona bezatilib, toʻkin dasturxon yozildi, 20 ta oilaning a’zolari, yaqinlari taklif etildi. 

Tadbirda korxona boshqaruvi raisi Farrux Samadov tantana ishtirokchilarini bahoriy ayyom bilan muborakbod etib, kelajakda sunnat toʻyi oʻtkazilayotgan jajji oʻgʻlonlarning yurtimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan komil insonlar safida boʻlishini tiladi. Jamiyatda faoliyat yuritayotgan har bir xodim mehnati qadrli va e’tiborda ekanligi ta’kidlandi. Urf-odatlarga binoan milliy toʻn, sarpolar ulashildi. Yoshi ulugʻ nuroniylar qoʻllarni duoga ochib, yurtga tinchlik, xalqimizga farovonlik, korxona faoliyatiga rivoj tiladilar. Tantana sababchilariga korxona va jamiyat kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan sovgʻalar topshirildi. Ularga koʻrsatilgan e’tibor ayyom kayfiyatini ulashib, bolajonlarning quvonchiga sabab boʻldi. Tadbir viloyat namunali maqom ansambli xonanda, sozandalarining musiqiy chiqishlari, iqtidorli san’atkorlarning kuy-qoʻshiqlari bilan davom etdi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish