Asosiy > Yangiliklar > Forum yoshlarni birlashtirdi

Forum yoshlarni birlashtirdi

Kimyo sanoati yosh mutaxassislarining malaka va tajribalarini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiya jarayonlarini kuchaytirish, yosh xodimlarning jamoaviy ishlash, tashabbuskorligini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarmogʻida har yili “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” forumini oʻtkazish anʼanaga aylandi.  

Joriy yilning 27-31-may kunlari “Oʻzkimyosanoat” AJ, tizim korxonalari hamda  Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Kimyogar” oromgohida “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual forumi boʻlib oʻtdi.

Unda “Navoiyazot”AJda faoliyat yuritayotgan 14 nafar yosh mutuxassislar ham faol ishtirok etdilar. Tadbir doirasida «Eng yaxshi innovatsion g‘oya», «Zakovat» intellektual o‘yini, shaxmat musobaqasida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom, sertifikat va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Eng yaxshi innovatsion gʻoya” tanlovida ishtirok etgan sanoat xavfsizligi muhandisi Nurlan Xushvaqtov qatnashgan jamoa 3-oʻrinni, 146-sex uchastka boshligʻi Jonibek Muradov ishtirokidagi jamoa 2-oʻrinni, 33-sex laboranti Dilnoza Jabborova qatnashgan jamoa 1-oʻrinni egalladi.

Shuningdek, shaxmat boʻyicha “Oʻzkimyosanoat”AJ kubogi musobaqalarida faxrli 1-oʻrinni egallagan korxona xodimi Abbos Axtamov diplom va esdalik sovgʻasi bilan mukofotlandi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish