Asosiy > Yangiliklar > HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi malakali mutaxassislarni tayyorlash va ilmiy izlanishlar uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochadi. Bu yo‘nalishda korxona tomonidan oliy ta’lim muassasalari bilan olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. 

“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov va Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov o‘rtasida memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, yosh mutaxassislarni tayyorlash tizimini zamonaviy ehtiyojlar va dual ta’lim tizimi asosida takomillashtirishni nazarda tutadi.

Memorandum doirasida talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyotlarini “Navoiyazot”AJ bazasida tashkil etish,  ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar va kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish obyektlarida kafedralar filiallarini ochish, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar uchun korxona sharoitida tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilinadi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish