Asosiy > Yangiliklar > Hurmatli hamkasblar, aziz qurilish sohasi fidoyilari!

Hurmatli hamkasblar, aziz qurilish sohasi fidoyilari!

 

Sizlarni Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Bunyodkorlik binolarni barpo etishgina emas, balki kelajakni yaratish, xodimlar uchun munosib mehnat sharoiti, zamonaviy infratuzilma va obodlikka munosib hissa qo‘shish demak.  

Quruvchining mehnati mashaqqatli, ammo nihoyatda sharaflidir. Sizning har bir kuningiz sabr, matonat va fidokorlikka to‘la. Har qanday ob-havo sharoitida ham faoliyatingiz to‘xtamaydi.

Mustahkam poydevor, zamonaviy bino hamda inshootlar zahmatingiz, yuksak mahoratingiz va korxonaga bo‘lgan sadoqatingizning yorqin namunasidir. Jamiyat rivojiga tajriba, mas’uliyat bilan munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz. 
Korxonamizda sizlarning ezgu mehnatingiz, sadoqatingiz va tashabbuskorligingiz har doim yuksak qadrlanadi. Yurt ravnaqi yo‘lidagi mehnatingiz uchun har biringizga cheksiz minnatdorlik bildiraman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, yaqinlaringiz qurshovida tinch va farovon hayot, ish faoliyatingizda esa muvaffaqiyatlar tilayman. 

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi
Farrux Samadov

 

10.08.2025 y.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish