Asosiy > Yangiliklar > INTENSIV O‘QUV KURSI YAKUNLANDI

INTENSIV O‘QUV KURSI YAKUNLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida bo‘lib o‘tgan “ESG asoslari: 1-bosqich” intensiv o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi. Kurs “UzAssets” AJ bilan hamkorlikda, Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida ESG Center of Excellence tashabbusi doirasida tashkil etildi.

Mazkur dastur yirik davlat kompaniyalari mutaxassislarida ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) sohasida tizimli bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratildi. Ishtirokchilar barqaror rivojlanish hisobotini yuritishning xalqaro standartlari, jumladan SASB hamda IFRS S1/S2 talablari bo‘yicha kompleks tushunchaga ega bo‘ldilar, shuningdek ESG tamoyillarini korporativ boshqaruv va operatsion faoliyatga integratsiya qilish mexanizmlari bilan tanishdilar.

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan va dastur talablarini bajargan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.  “Navoiyazot” AJ loyiha boshqarmasi bosh mutaxassisi Nargiza Salomova hamda yetakchi mutaxassis Nigina Islomovalar ham uch bosqichli malaka oshirish dasturining navbatdagi amaliy natijaga yo‘naltirilgan “ESG asoslari: 2-bosqich” kursida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdilar.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish