Asosiy > Yangiliklar > KORXONA MUTASADDILARI POKISTONDA XIZMAT SAFARIDA

KORXONA MUTASADDILARI POKISTONDA XIZMAT SAFARIDA

Viloyat hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Pokiston Islom Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi. Ushbu tashrif ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tashrif doirasida sanoat, savdo, investitsiya va logistika, tibbiyot sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinmoqda.

Uchrashuv va muzokaralar davomida tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda ikki hudud o‘rtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratishmoqda.

Delegatsiya vakillari safida “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Nazirjon Joʻrayev hamda Marketing, sotish va xaridlar boʻyicha oʻrinbosari Baxtiyor Joʻraqulovlar ham bor.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish