Asosiy > Yangiliklar > MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNIGA YETDI

MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNIGA YETDI

Avval xabar berganimizdek,  2-fevraldan 28-fevralgacha jamiyatning Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasida Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.

Bugungi kunda ushbu majmuadagi sexlarni bosqichma-bosqich ishga tushirish jarayoni olib borilmoqda. Sanoat korxonalarida murakkab texnologik qurilmalarining ta’mirdan so‘ng faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilganda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida himoya tizimi — mash’alaning yonishi kuzatiladi. Bu portlash, yong‘in xavfining oldini olish va atmosferaga xavfli gazlar chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladi. Bunda barcha texnologik jarayonlar mutaxassislar tomonidan doimiy monitoring qilinadi, nazorat-o‘lchov asboblari orqali bosim, harorat va gaz tarkibi kuzatib boriladi.

Qayd etish joiz, mash’alaning vaqtincha yonishi korxonadagi ishga tushirish ishlari reja asosida olib borilayotganini anglatadi. Barcha sexlar belgilangan texnologik rejimga chiqqach, mash’ala orqali gaz chiqarish hajmi minimal darajaga tushadi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish