Asosiy > Yangiliklar > MUROJAATLAR YECHIMI, QULAY MEHNAT SHAROITI BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

MUROJAATLAR YECHIMI, QULAY MEHNAT SHAROITI BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

Korxonaning ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasida mehnat qilayotgan xodimlar bilan jamiyat boshqaruvi raisi Farrux Samadovning sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqotda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, sifatini yanada yaxshilash, modernizatsiya jarayoni, xodimlar uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. “Navoiyazot” AJning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda majmuada faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislarning alohida hissasi borligi mamnuniyat bilan e’tirof etildi.

Shu bilan birga jamoa oldida turgan muhim vazifalar ulkan, mas’uliyat ham yuqori ekanligi ta’kidlandi. Sayyor qabul davomida xodimlarning bir qator takliflari  o‘rtaga tashlandi. Xususan, zamonaviy uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida qo‘shimcha qulayliklar yaratish orqali xavfsizlik talablariga rioya qilishni kuchaytirish, laboratoriya tahlillarini o‘tkazish imkoniyatini kengaytirish, xodimlarni rag‘batlantirishga oid tashabbuslar muhokama etildi. Shuningdek, korxonaga ishga joylashish tartibi va mehnat qonunchiligiga taalluqli boshqa bir qator savollarga javob berildi.

Sayyor qabulda bildirilgan fikr va takliflar e’tiborga olinib, muddat talab etiladigan murojaatlarni o‘rganish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Mamlakatimiz istiqlolining 35 yilligini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar xususida kelishib olindi.

So`ngi yangiliklar

...

BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

25.08.2026
...

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

25.08.2026
...

G‘OLIB VA SOVRINDORLAR TAQDIRLANDI

21.08.2026
...

MALAKALI MUTAXASSISLARNI SARALASH JARAYONI

21.08.2026
...

«NAVOIYAZOT» AJ VA «NAVOIYURAN» DK: SANOAT KOOPERA...

21.08.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI: INNOVA...

20.08.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA IFTIXOR IFODASI

20.08.2026
...

NAZARIYА VA AMALIYОT UYG‘UNLIGI — ISH SAMARADORLIG...

20.08.2026
...

”MUSTAQILLIK KUBOGI” : AYOLLAR ORASIDA VOLEYBOL BO...

19.08.2026
...

Korxona xodimi sovrindor bo‘ldi

19.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish